- Mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni chap usulda pastki holatda ustma-ust payvandlash




Download 1,37 Mb.
bet34/59
Sana02.02.2024
Hajmi1,37 Mb.
#150522
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari

3- Mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni chap usulda pastki holatda ustma-ust payvandlash


Reja

    1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash, gaz alangasini sozlash




    1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni chap usulda ustma-ust pastki holatda payvandlash. 3.Payvand chokini tekshirish. Nuqsonlarni bartaraf qilish



Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni chap usulda pastki holatda ustma-ust payvandlash. Bu usul payvandlanadigan va qo‘shimcha metallarni yuqori haroratli gaz- kislorod alangasida eritishga asoslangan. Kislorodda yonishi uchun yonilg‘i sifatida Atsetilen, vodorod, propan-butan aralashmasi, kerosin, benzin bug‘lari, tabiiy yorituvchi gazlar, neft, koks gazlari va boshqa gazlar ishlatiladi.
Payvand birikmalarining sifati payvandlash rejimi va texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘lda payvandlashda gorelkadan chiqqan alangani payvandlanayotgan joyga shunday yo‘naltiriladiki, ular yadro uchidan 2 — 6 mm masofadagi tiklash zonasida joylashsin. Qo‘shimcha material (sim) uchini tiklash zonasida yoki payvandlash vannasida tutib turiladi.
Gorelkaning holati, ya’ni payvandlanayotgan yuzaga nisbatan mushtukning qiyalik burchagini biriktirilayotgan material qalinligiga va metallning issiqlik o‘tkazuvchanligiga qarab tanlab olinadi. Agar metall qalin va issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lsa, borgan sari mushtukning qiyaligi shuncha ortib boraveradi Dastlab metallni tez va yaxshilab qizdirib olish uchun qiyalik burchagini kattaroq olinadi, so‘ngra normal holiga qaytariladi va payvandlash oxirida qiyalikni kamaytiriladi. Bunda krater yaxshi to‘ladi va metall kо‘yishining oldi olinadi. Gazda payvandlashning ikkita asosiy usuli bor: o‘ngga va chapga payvandlash O‘ngga payvandlashda jarayon chapdan o‘ngga qarab olib boriladi.
Bunda gorelka qo‘shimcha chiviqdan oldin siljib, alanga chok hosil qilishga yo‘naltiriladi. Bu bilan payvand vannasi havo ta’siridan himoyalanadi va chok tez sovib qolmaydi. Bu usulda yuqori sifatli chok olinadi. Chapga payvandlashda jarayon o‘ngdan chapga qarab olib boriladi. Unda gorelka chiviq simdan orqada siljiydi. Alanga esa payvandlanmagan yuzani qizdirib, payvandlashga tayyorlaydi. O‘ngga payvandlash usuli 5 mm dan qalin detallarni payvandlashda qo‘llaniladi.
Bunda alanga payvandlanayotgan qirralar bilan ikki tomondan to‘siladi, orqadan esa erigan metall bilan to‘silib, issiqlikning tarqalib ketishidan saqlaydi va undan unumli foydalanish imkonini beradi. Chapga payvandlashda chokning ko‘rinishini payvandchi ko‘rib turgani uchun yaxshi chiqadi, uning eni va bo‘yini ham bir xilda olish mumkin. Shuning uchun bu usulda yupqa materiallarni payvandlash yaxshi natija beradi.
Payvandlash usulini tanlashda fazoviy holatiga ham qaraladi. Pastki holatda payvandlashda metall qalinligiga qarab kerakli usul tanlanadi. Vertikal choklarni payvandlashda pastdan yuqoriga qarab bajariladi Gorizontal chokni payvandlashda chapga payvandlash usuli qo‘llaniladi alanga esa payvandlangan chok tomonga yo‘nalgan bo‘ladi Payvandlash jarayonida gorelka munshtugi va qo‘shimcha sim bir vaqtda ikkita harakatni bajaradi: payvand choki bo‘ylabva payvand chokka ko‘ndalang holatda tebranib harakatlanadi. Yaxshi mexanik xossali payvand chokni olish uchun payvandlash qirralarini tayyorlash, gorelka quvvatini to‘g‘ri tanlash, alangani rostlash, qo‘shimcha materialni tanlash, gorelka holatini o‘rnatish va siljish yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash kerak. Qirralarni payvandlashga tayyorlash uchun uni har bir tomonidan 20 — 30 mm kenglikda har xil iflosliklardan tozalanadi. Buning uchun gorelka alangasidan ham foydalanish mumkin: chok sirtini kuydirilib, metall cho‘tka bilan, zarur bo‘lsa, har xil kislotalar yordamida tozalanadi.
Gazda payvandlashda birikma turlari payvandlanayotgan detallarning o‘zaro joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Ulardan uchma-uch qilib payvandlash keng qo‘llaniladigan turidir. 2 mm qalinlikkacha bo‘lgan metallarning qirralarini bukib, uchma-uch qilib qo‘shimcha materialsiz yoki uchma-uch qilib, qirralarni qirqmay va tirqishsiz qo‘shimcha material bilan payvandlanadi.

  1. —5 mm qalinlikdagi metallarning qirralarini qirqmay, tirqishli qilib payvandlanadi (55- d rasm). 5 mm dan qalin bo‘lgan metallarning qirralarini V simon yoki X-simon qilib olinadi Burchakli birikmalar kichik qalinlikdagi metallarni biriktirishda qo‘llaniladi. Bunday birikmalar qo‘shimcha materialsiz qirralarning erishi hisobiga payvandlanadi

Nazorat savollari:

  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga qanday tayyorlanadi va gaz alangasini sozlashni izohlab bering




  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni chap usulda ustma-ust pastki holatda payvandlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.

  2. Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering




  1. Download 1,37 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni chap usulda pastki holatda ustma-ust payvandlash

Download 1,37 Mb.