Pechlar haqida




Download 1,59 Mb.
bet1/5
Sana25.05.2024
Hajmi1,59 Mb.
#253690
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Pechlar haqida


Pechlar haqida

Hozirgi kunda texnika taraqqiyoti yuksak darajada shunchalik tez va eng zamonaviy elektron texnikalar bilan jihozlangan holda rivoj­lanmoq­daki, bu esa o’z navbatida, mis olish texnologiyasiga ham o’z­i­ning kuchli ta’sirini o’tkazmoqda. Mis olish, uning xomashyolarini qay­ta ish­lash qadim­­dan yo’lga qo’yilganligi, miloddan oldingi asrlarda ham biz­ning hudu­dimizda mis rudalari qazib olinganligi oldingi bo’limlarda ta’kidlab o’tilgan edi.


Arxeologik qazilmalar va ayrim tarixiy manbalar shuni ko’r­satadiki, qadi­miy Iloq viloyatining poytaxti Tunkentda, To’qkent­da (Pskent tumani, hozirgi Qirqqiz jamoa xo’jaligida), Qurama tog’ tizma­larida misli hamda qo’rg’oshinli, oltin va kumushga boy rudalar qo’l meh­nati orqali qazib olinib, ba’zan alohida boyitilib, ba’zan esa boyi­til­­masdan pechlarda eritilgan. Taxminlarga qaraganda, VI asrgacha mis va oltin boyitilmasdan to’g’ridan-to’g’ri eritilgan. Mis, oltin izlovchilar tomo­nidan konlarda yerosti va yerusti usuli bilan ularni rangiga qarab (mis qizg’ish, oltin sarg’ish rangda bo’lgan) o’tkir bolg’acha va teshalar bilan ajratib olingan. Ayrim joylarda toshlarni yuqori alangada qiz­dirib, so’ng suv sepib, minerallarni darz ket­kazish yo’li bilan parcha­lab, eritish pechlariga olib keltirilgan. Bu eritish pechlari uchun avva­liga yerni 1–2 metr o’yib, yon tomonlariga, chekkalariga, mo’rilariga o’tga chidam­li toshlarni terib, havo berish orqali eritish jarayonini amalga oshirganlar.
VIII – X asrlarga borib nafaqat erkin holdagi mis, balki oksid­langan hol­dagi mislar ham ishlatiladigan bo’ldi. Sabab, oksidlangan mis xrizokola, malaxit, kuprit, azurit holatida bo’lib, ular konning ust­ki qatlamida joy­lashadi va boshqa tog’ jinslariga nisbatan o’zining rangi orqali ajralib turadi.
Pechlar esa biroz hajmi kengaytirilib, yer ustida poydevor quri­lib, so’ng o’tga chidamli g’ishtlardan terilgan. Ularni hozirgi mino­rali pechlar­ga, biroz bo’lsa-da, o’xshatish mumkin.
X–XII asrlarga kelib Shosh, Iloq davlati mis, oltin, kumushni nafaqat metall, balki qotishma holida, tanga, zeb-u ziynat holida tayyor­lash bo’yicha butun O’rta Osiyoda yuqori o’rinlardan birini egallaydi. Toza­ligi va sifatliligi jihatidan bu davlat butun Mo’g’uliston, Arab mamlakatlari hattoYevropaga ham aynan shu metallar orqali tanildi.
Mo’g’ullar davri va undan keyingi davrlarda metalni eritib olish juda kam amalga oshirilgan. Yozma ma’lumotlarga suyangan holda shuni aniq­lash mumkinki, Petr I davrida Rossiyada metallurgiya, ayniqsa, qora metallurgiya nihoyatda rivojlanib, dunyoda birinchilar qatoridan o’rin egallagan.
1920–1930-yillarga kelib esa metallurgiya asta-sekin qayta tik­lanib, rangli, so’ng nodir va qimmatbaho metallar ajratib olish yo’lga qo’yila bosh­landi.
Bir vaqtlar 80–90 % mis aynan yallig’ qaytaruvchi eritish pechida qayta ishlanib, bu usul dunyo bo’yicha yetakchi o’rinlardan birini egallab kelgan bo’lsa, hozirgi kunda ushbu usul zamonaviy talablarga javob be­rol­may qoldi. Lekin shunday bo’lsa-da, AQSH, Kanada, Finlandiya va MDH mamlakatlarining ko’pgina eritish korxo­na­larida haligacha ishlab turibdi.
Yallig’ qaytaruvchi eritish pechining qariyb sakson yildirki texnolo­giyadan chiqib ketmasligining sababi bor, albatta. Ulardan eng asosiysi, har qanday namlikda, ashyoning yirikligi, hatto uning tarkibi, pechning iqtisodiy ko’rsatkichiga unchalik ta’sir qilmaydi.
Shuningdek, suyuq holdagi konverter toshqollariga qayta ishlov berish imkoni ham mavjud.




Rasmdan ko’rinadiki, pechning har ikkala yon tomonining tepasi­dan, aynan qiyalikka, xomashyo yuklanadi. Shu­ning­dek, yuklatish xam­pa yoni­dan, asosan, texnologik kislorod yoki goh siqilgan havo (yoki aralashmasi) ham qiya­likni qizitish uchun purkaladi. O’rtacha 200–240 m2 maydondagi pech­larga har ikkala tomondan o’rtacha 16 tadan 32 tagacha yuklatish xampa­lari hamda ularga gaz va kislorod purkash uchun yondirgich quril­malar o’rna­tilgan bo’ladi.
Yallig’ qaytaruvchi eritish pechining minorali pechni, biroz bo’lsa-da, texno­logiyadan siqib chiqarishining asosiy sabablaridan biri mis rudalarini flotatsiya usuli bilan boyitishning har tomonlama taraq­qiyotidir.
Minorali pechlarda, yallig’ qaytaruvchi pechlardan farqli ravishda, mis boyitmalarini qayta ishlash imkoni yo’q.
XX asrning 80–90-yillariga kelib, yallig’ qaytaruvchi pechda umumiy mis eritish ko’rsatkichi dunyo miqyosida 80% dan 50 – 60%ga tushib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri avtogen jarayonlarining keng ko’lamda sanoatda ishlatilishidir.
Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati boshqa zavodlardan o’zining ikki xil jarayon bilan ishlayotganligi, ikkita eritish agregatining mav­jud­ligi bilan farq qiladi. Bular yallig’ qaytaruvchi eritish va kislo­rodli-mash’alli eritish pechlaridir. Quyidagi jadvalda Olmaliq mis eritish zavodi­dagi eritish pechlarining ayrim taqqoslovchi ko’rsatkichlari keltirilgan.



Download 1,59 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 1,59 Mb.