• 3-rasm. Anod pechidan olingan qattiq holdagi misli anod qotishmasining umumiy ko’rinishi. Misni elektrolitik tozalash usuli
  • 4-rasm. Qattiq holdagi anodlar vagonchalarga taxlanib, elektrolitik usul bilan qayta tozalash uchun elektroliz sexiga jo’natilmoqda.
  • -rasm. Anod pechi yoniga o’rnatilgan bo’lib, suyuq eritmani aylanma “karusel” qolip orqali quyish agregati




    Download 1,59 Mb.
    bet4/5
    Sana25.05.2024
    Hajmi1,59 Mb.
    #253690
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Pechlar haqida

    2-rasm. Anod pechi yoniga o’rnatilgan bo’lib, suyuq eritmani aylanma “karusel” qolip orqali quyish agregati.
    Pechning hajmi 200–250 t bo’lsa, quyish mashinasining ishlab chiqish unumdorligi bir soatda 40 t tashkil qiladi va quyish davri 5–6 soatga cho’ziladi.
    7.3-rasmda qoliplarga quyib qattiq holda olingan anodli mis ko’rsatilgan. Bo’yi 1 m gacha, og’irligi esa 350 kg gacha bo’lgan ushbu mis qotishmasining tarkibida 99,8 % gacha mis bo’ladi.


    3-rasm. Anod pechidan olingan qattiq holdagi misli anod qotishmasining umumiy ko’rinishi.
    Misni elektrolitik tozalash usuli
    Elektrolitik tozalashning asosiy maqsadi toza, yuqori sifatli mis va yarim mahsulot (shlam) olishdir. Shlamga oltin, kumush, selen va tel­lur to’planadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun anoddagi mis doi­miy elektr toki yordamida eritiladi va shu davrda erkin mis kislotali eritma orqali katodga o’tkaziladi. Erituvchi modda sifatida sulfat kislo­ta­si ishlatiladi. Asosiy dastgoh sifatida elektrolitik vanna ishlati­ladi, u temir betondan yasal­gan kesimi to’g’ri burchakli dast­gohdir. Elektroliz vanna elektrolit qu­ya­digan quvur nov va elektr toki bilan ta’minlaydigan shinalar bilan jihoz­langan. Vannaning ichki sir­ti qattiq plastmassadan yoki qo’rg’oshin bilan izolatsiya qilingan bo’ladi, chunki eritma tarkibida sulfat kislotasi bor.
    Elektroliz o’tadigan muhit– elektrolitik quyidagi tarkibga ega: 135–200 g/l H2SO4 va 170–200 g/l mis kuporosi – SuSO4 H5O (35–50/Su2+ ionlariga to’g’ri keladi).
    Anod pechidan qoliplarga quyib olingan tayyor mahsulot 7.4-rasmda tasvirlanganidek, vagonchalarga taxlanib, temiryo’l izi orqali elektroliz sexiga eritmada qayta ishlash uchun jo’natiladi.



    4-rasm. Qattiq holdagi anodlar vagonchalarga taxlanib, elektrolitik usul bilan qayta tozalash uchun elektroliz sexiga jo’natilmoqda.

    Kim­­­­­yoviy modda sifatida qattiq plastmassani ishlatish ancha afzal­roqdir. Qattiq plastmassa tok o’tkazmaydi va tokning isrofgar­chi­ligi ka­mayadi hamda foydalanish koeffitsiyenti ortadi. Qattiq plast­massa­ning kamchiligi – u mo’rt, sinuvchan va mexanik ta’sirda tezda ish­dan chiqishi mum­kin. Qattiq plastmassali qoplama qo’rg’oshinga nisbatan kamroq ish­laydi. Lekin qo’rg’oshinning qimmatligini hisobga olganda qat­­tiq plast­massa keng ishlatiladi. Xorijiy davlatlarda qattiq plast­mas­sani rad etib, qo’rg’oshindan foydalanishga o’tilmoqda. Qo’rg’oshinning ishlash davrini oshirish uchun uning tarkibiga 3–6 % Sb va 0,0006 % Su qo’shiladi. Kanada zavodlarining birida bunday kimyoviy material 28 yil uzluksiz ishlaganligi olimlar tomonidan e’tirof etilgan.


    Anod sifatida sof misdan tayyorlangan plastina ishlatiladi. Anod­ning eni 0,96 m, bo’yi o’rtacha 1 m, qalinligi 35–45 mm, og’irligi 270–350 kg ni tashkil etadi. Katod sifatida toza misdan yasalgan ensiz plastina ishlatiladi. Katodning o’lchamlari anodnikiga nisbatan katta­roq­dir. Bu elektr tokining katod sirtida bir tekis taqsimlanishi uchun qilinadi. Bu tadbir natijasida katodning chegara qismlarida har xil o’sish va dendiritlar paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.
    Vannaga anod va katodlar navbat bilan maxsus ilgichlar orqali osi­ladi. Anod va katodlar elektr zanjiriga parallel sxemada ulanadi. 7.5-rasmda temirbetonli vanna va anod, katodlarning vanna ichida maxsus ilgichlar orqali osilib turishining umumiy ko’rinishi va qirqimi tasvirlangan. Temirbetonli vannada anod va katodlar unung ichida max­sus ilgichlar orqali osib qo’yiladi.
    Vannaning kattaligi anod, katodlar soni va ularning maso­fa­siga bog’liqdir. Agarda vannada 34 anod va 35 katod bo’lsa, vanna­ning ishchi o’lchamlari taxminan 4000x1000x1200 mm ni tashkil qiladi.
    Vannaning kattaligini tanlash elektrodlararo masofani aniq­laydi. Ama­liyot­da oqilona deb topilgan bir xil elektrodlararo masofa 100–110 mm.
    Agar masofa 100 mm bo’lsa, anod va katodning orasi 28 mm ga teng bo’ladi. Bu masofa elektrodlarning qisqa tutashuviga yo’l qo’ymaslik uchun eng minimal me’yoriy o’lchamdir.
    Elektroliz vannalari doimiy elektr toki bilan ta’minlanadi. Sanoatda elektr tokini doimiy shaklga o’tkazish uchun kremniyli to’g’ri­lagichlar ishlatiladi. Ularda tokdan foydalanish koeffitsiyenti 98–99% ni tashkil qiladi. To’g’rilagichning ishchi kuchlanishi 250–300 V atrofida bo’ladi.
    Mis elektroliz sexida vannalar seriyalar va qatorlar shaklida o’rnatiladi. Agarda o’rtacha 1780 dona vanna bo’lsa, 290 vannadan 6 qator yoki 220 vannadan terilgan 8 qator bo’lishi mumkin. Seriyalar vannalarni tok bilan ta’minlashni hisobga olgan holda ketma-ket o’rnatiladi. Talab qilingan tok kuchini ta’minlash maqsadida vannalar qatori elektr zanjiriga birin-ketin bog’lanadi.
    Agarda tok to’g’rilagichdan chiqayotgan tokning kuchlanishi 240 V bo’lsa, vannadagi kuchlanish 0,3 V ga teng bo’ladi, bu holatda bitta to’g’ir­la­gichdan ta’minlanayotgan vannalarning soni quyidagicha topi­ladi:

    240 : 0,30 = 800 vanna.


    Jarayonning oqilona boshqarilishi vannadagi kuchlanishning pasayi­shiga imkon yaratadi. Ayrim zavodlarda vannadagi kuchlanish 0,2–0,025 V ni tashkil qiladi. Agarda vannadagi kuchlanish 0,25 V bo’lsa, unda bitta seriyadagi vannalarning soni


    250 : 0,25 = 960 ni tashkil qiladi.






    Download 1,59 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Anod pechi yoniga o’rnatilgan bo’lib, suyuq eritmani aylanma “karusel” qolip orqali quyish agregati

    Download 1,59 Mb.