|
Pedagogik g‘oyalarning tarixi va mustaqillik davridagi yangliklar ta'lim nazariyasi
|
bet | 3/4 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 65,9 Kb. | | #100426 |
Bog'liq PsixologiyaSug’diyona
Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So’g’d, Kushon, Run (Urxun-yenisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’ladi va ta'lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu davrga kelib, ibtidoiy jamoa bo’lib yashash an'anasi asta-sekin rivojlana bordi, jahon madaniyatida inmoniyat tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlar yaratildi. Xitoyda qog’ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o’nlik sonlar tizimining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining 154 graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo’lishning o’ylab topilishi, Markaziy Osiyoda O’rta dengiz bilan Hindistonni o’zaro bog’lovchi karvon yo’lining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O’rta dengizga Buyuk ipak yo’lining ochilishi kabi voqyealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo’ladi.
Ta’lim muassasasi xujjatlarni taxlil qilish metodi. Pedagogik xodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni xamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish xolatini o‘rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq xamda yo‘l qO‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Ta’lim muassasasi faoliyati moxiyatini yorituvchi xujjatlar quyidagilardan iborat: o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, gurux (yoki sinf) jurnallari, o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig‘ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muassasasi smetasi xamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi xisobotlar, ta’lim muassasasi jixozlari (o‘quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va xokazolar) qayd etilgan daftar va xokazolar.
Mazkur metod muayyan yo‘nalishlarda o‘quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o‘quvchilarda xosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar xajmi, ilg‘or pedagogik tajribalar mazmunini o‘rganishda muxim axamiyatga ega.
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan soxasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bO‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z moxiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat:
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «xa», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va xokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o‘z yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bO‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha taxlil etish imkoniyati mavjudligi xamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan xam xoli emas. CHunonchi, aksariyat xolatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. SHu bois respondent o‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik taxlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik xamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bO‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jixatdan xaqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o‘quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan soxalari bO‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qO‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, xisobotlari muxim vosita bO‘lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum O‘quvchiga xos bO‘lgan individual imkoniyatni kO‘ra olish, baxolash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud:
fan olimpiadalari;
turli mavzulardagi tanlovlar;
maktab ko‘rgazmalari;
festivallar;
musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib kO‘rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi xamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay xamda unga baxo bera olishi zarur.
Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra quyidagi guruxlarga
bO‘linadi:
Pedagogik tajriba xam bir qator shartlarga amal qilgan xolda tashkil etiladi. Xususan:
tajribaning maqbul loyixa (dastur) asosida uyushtirilishi;
tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
tadqiqot ob’ektlari vv usullarining to‘g‘ri tanlanishi;
tajriba o‘tkazilish vaqti xamda davomiyligini aniqlanishi;
zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jixozlar, vositalar)ning yaratilganligi;
tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, taxlil qilish va natijalarni qayta ishlash.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy xolda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qO‘llaniladi, muammo xolatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta taxlil etiladi. YAkuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy kO‘rsatkich xisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Rokich, V.P.Bespalko xamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.
|
| |