• [tahrir | manbasini tahrirlash]
  • [tahrir | manbasini tahrirlash] 2003-yilning oktabrida ishlab chiqilgan Photoshop 8.0 Photoshop CS
  • [tahrir | manbasini tahrirlash] 2013-yil iyunida ishlab chiqilgan Photoshop 14 Photoshop CC
  • “ Men Thomas ishlarining natijasini koʻrganimda, Pixar studiyasidagi  tasvirlarni qayta ishlash dasturiga oʻxshashligini koʻrib hayron qoldim  ”




    Download 8,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/163
    Sana05.02.2024
    Hajmi8,98 Mb.
    #151641
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163
    Bog'liq
    Kompyuter grafigi va dizayn Muxammadiyev Asliddin

    Men Thomas ishlarining natijasini koʻrganimda, Pixar studiyasidagi 
    tasvirlarni qayta ishlash dasturiga oʻxshashligini koʻrib hayron qoldim 
    ” 
    Oʻshandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display 
    dasturini tuzdik. Oradan koʻp vaqt oʻtmay John yangi sotib olgan rangli ekranli 
    Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini koʻchirishni taklif qildi. Jon 
    display dasturida ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil 
    formatlarda saqlash va boshqalarni oʻylab topdi. Dastur ustida ishlash Tomasni 
    dissertatsiya yozishdan chalgʻitdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha 
    vaqt oʻtmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini oʻylab 
    topdi va ishlov berish asboblar toʻplamini tuzdi. Keyinchalik bular „Plug-ins“ 
    deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish 
    funksiyasi, ranglar va toʻyinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab 
    chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam boʻldi. Oʻsha davrda 
    bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda boʻlgan. Ular esa faqat 
    labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da boʻlgan. 1988-yilda 
    Tomas „Display“ning nomini „ImagePro“ deb oʻzgartirdi. Dastur oʻsha davrda 
    juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni oʻylar edi. Tomas esa 
    unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas oʻz dissertatsiyasini tugatmagan, 
    toʻliq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga 
    oʻxshash dasturlarni analiz qilishib, oʻz dasturlari „Image Pro“ ni boshqalardan 
    oldinga oʻtib ketganligini aniqlashdi. 
    „Image Pro“dan „Photoshop“ga oʻtilishi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
    Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo 
    boʻlganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila 
    tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda 
    ekranlarda Photoshop koʻringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“ 
    koʻringanday. Qizigʻi shundaki, koʻp dastur tuzuvchilar oʻz yoʻnalishlarini 
    Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa 
    boshladilar. Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar 
    edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur boʻlgan „Adobe“ kompaniyasi edi. 
    Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini 
    ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni oʻz mahsulotlari komplektida 
    sotishni taklif qilishdi. Natijada 200 ta nusxalangan Photoshop Barneyscan XP 
    savdo belgisi ostida tarqalib ketdi. Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq 
    davom etmadi. Tez orada Jon oʻz dasturiga eʼtiborni jalb qilish uchun 
    kompaniyaga keldi. U bu yerga kelib Rassel Brounga oʻz dasturini 
    imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin Photoshop Art-direktor ga namoyish 
    etildi. Direktorga maʼqul boʻldi va tezda sotib olish kerakligini aytdi. Adobe 
    tomonining soddaligidanmi yoki aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur toʻla 


    26

    sotilmadi, faqat litsenziyalandi. 1988-yili Adobe Inc. firmasi dastur uchun 
    huquqlarni sotib oldi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka-ukalarga 
    tegishli boʻlib qoldi. 1989-yili dastur „Photoshop“ deb nomlandi. Hammasi juda 
    yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan toʻxtab qolishmadi. 
    Oldinda juda ham oʻgir ish — Photoshop 1.0 rasmiy versiyasini ishlab chiqish 
    turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa 
    Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar edi. Bu esa Adobe xodimlarini 
    hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va aldashni koʻrishdi. Qizigʻi shunda ediki, 
    baʼzi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi hodimlar, Photoshopni kengaytirish 
    standartlarga toʻgʻri kelmaydi va yaxshi natija bermaydi deb fikr bildirishdi. 
    Boshqalar esa, uni toʻgʻri ishlatish koʻp foyda berishini aytishdi. Dasturni 
    tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni oʻzgartirish va 
    mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi. Photoshopning tarafdorlari Jon va 
    Rassel Brounning qoʻllab quvatlashi va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil, 
    fevral oyida Adobe Photshop 1.0 rasmiy versiya sifatida chiqdi. Soʻzsiz 1-
    versiyaning chiqishi, koʻp xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli boʻldi. Adobe 
    kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u oʻsha 
    vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgan edi.Adobe 
    kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish mumkinligini, 
    bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar turadigan professional, 
    maxsus dastur asosidagina erishish mumkin ekanligini taʼkidladi. Oʻsha vaqtda 
    Photoshopning narxi 1000$ boʻlishiga qaramasdan, uning eng katta 
    raqobatchisining narxi 1995$ turadigan Letrasetʼs ColorStudio dasturi edi. 2.0 
    versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini kengaytirdi. 
    Dasturga Bezye egri chizigʻini kiritish uchun Mark Gamburgni taklif qildi. Bu 
    vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda 
    ishlash, Illustratordan baʼzi tasvirlarda import va Rasterize. Bulraga yana 
    CMYK qoʻshildi. Photoshop uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya 
    xizmatlari Adobe kompaniyasi uchun juda qoʻl keldi. Sotish boʻyicha birinchi 
    menedjer Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi. Bu 
    odat shu kungacha davom etyapti. 1990-yilda chiqqan 'Fast Eddy' beta-versiya 
    2.0 ning kodli nomidir. Photoshop uzoq vaqt, asosan Macintosh platformasida 
    ishladi. Lekin uning muvaffaqiyatga erishishiga Grafika bozorida paydo boʻlgan 
    Windows kafolatlab berdi. Yangi platformaga versiya ishlab chiqish oson 
    ishlardan emas edi-buning uchun Brayan Lepkin boshchiligida yangi guruh 
    tuzildi. Koʻp miqdorda yangi kiritmalar, masalan 16bitli fayl ishlab 
    chiqarilishiga qaramasdan, bular faqat 1993-yil 2.5.1 versiyalarida paydo boʻldi. 
    3.0 versiyadagi musiqa guruhi uchun ishlangan 3 albom ham muvaffaqiyatga 
    erishishi yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin edi. Omad 
    Brayan Lepkin boshqarayotgan guruh tomonida boʻlib, ular qavatlar(Layers) ni 
    taʼminlovchi dasturni rivojlantirdilar. Layers ni koʻpchilik qoʻllab-quvatladi, 
    chunki u dasturning asosiy funksiyasini bajarar edi, u tez orada, koʻpgina rassom 
    va dizaynerlarni oʻziga jalb qildi. Layers oʻsha vaqtda juda mukammal emas edi. 
    HSC keyinchalik Meta creations Live pictures nomli tasvirlarni qayta ishlash 


    26

    dasturini ishlab chiqdi, u ham shunday texnologiyani qoʻllardi. Meta Creations 
    juda katta xatoga yoʻl qoʻygani shundaki, ular Live Picturesga juda baland narx 
    qoʻyib yuborishdi va Photoshop3.0 versiyasiga raqobatchi qolmadi. Keyingi 
    versiyalarda Layers ga oʻxshash katta oʻzgarishlar boʻlmadi, lekin dasturni 
    mukammallashtirish davom etdi. Photoshop 5.0 versiyasida, ranglarni 
    boshqarish va History Palette kiritldi. Ularning tasirida dasturning sanʼat 
    imkoniyatlari oshdi. Photoshop 5.5 versiyasining chiqishi bilan katta oʻzgarish 
    boʻldi. Photoshop komplektida Image Ready paydo boʻldi va u web uchun 
    grafikalarni ishlovchi yangi funksiyalarni ochib berdi. Photoshop 6.0 versiyasida 
    Layer Styles va matnni harakatlanishini boshqarish imkoniyatlari paydo boʻldi. 
    Photoshop 7.0 versiyasida Healing brush paydo boʻldi. 
    Adobe Creative Suite paketi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash] 
    2003-yilning oktabrida ishlab chiqilgan Photoshop 8.0 Photoshop CS deb 
    nomlana boshladi, negaki endi u Adobening yangi Creative Suite tarmogʻi 
    mahsulotlariga tegishli edi. 2007-yilgi Photoshop 10.0 dasturi Photoshop CS3 
    deb nomlandi. CS3 — dastur Adobe Creative Suite dasturlar paketining uchinchi 
    versiyasiga moslashganini bildiradi. Eski CS va CS2 versiyalari dasturning 
    yangi tarmoqqa mansubligini bildirish va oldingi versiyalaridan farqlantirish 
    maqsadida dasturning bosh ramzida 3 dan 7 versiyasigacha mavjud boʻlgan koʻz 
    chiroyli patlar bilan oʻzgartirildi. Yangi versiya yangi imkoniyatlarga ham ega 
    boʻldi. Photoshop CS3 ramzida esa koʻk chegarali toʻrtburchak ichidagi PS 
    yozuvi aks etadi. 
    Adobe Creative Cloud paketi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash] 
    2013-yil iyunida ishlab chiqilgan Photoshop 14 Photoshop CC nomiga ega. CC 
    qisqartmasi dastur Adobe Creative Cloud dasturlar paketi tarmogʻiga 
    moslashtirilganini bildiradi. 2014-yildan boshlab mahsulot versiyalari yangi 
    nomlanishga ega boʻldi: endi uning nomida qachon ishlab chiqilgani ham 
    yoziladi 
    (Photoshop 
    2014.0.0). 
    Yangi 
    versiyaga 
    Adobe 
    Camera 
    RAW plagini ham 
    oʻrnatildi, 
    endilikda 
    dastur 
    koʻplab fotokameralardan suratlarni toʻgʻridan toʻgʻri ola oladi. 

    Download 8,98 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163




    Download 8,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “ Men Thomas ishlarining natijasini koʻrganimda, Pixar studiyasidagi  tasvirlarni qayta ishlash dasturiga oʻxshashligini koʻrib hayron qoldim  ”

    Download 8,98 Mb.
    Pdf ko'rish