17
8
Mavzu 15: Corel Drawda logotiplar yaratish
REJA:
Corel Draw dasturi haqida
Corel Draw dasturida ishga tushirish
Corel Draw dasturi logotiplarini yaratish
Kodlashtirishning
vektorli
usulida
geometrik shakllar
, egri va to’g’ri
chiziqlar,
aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida
matematik formula kabi
geometrik abstraktciyalar ko’rinishda saqlanadi. Masalan,
aylana shaklini
kodlashtirish uchun, u alohida piksellar ko’rinishida bo’lishi shart emas.
Uning
radiusi
, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi etarli bo’ladi.
To’rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o’rni va rangini xotirada
saqlash lozim. Matematik formulalar yordamida turli
xildagi shakllarni izohlash
mumkin. Murakkab shakllarni chizishda bir nechta oddiy shakllardan foydalaniladi.
Masalan, burchaklari yoysimon bo’lgan to’rtburchak shaklni qora rangda bo’yaymiz,
unga uchta oqdagi to’rtburchak va birta qora rangdagi to’rtburchak
shaklni
qo’shib uch dyumli disketa rasmini hosil qilish mumkin (1-rasm).