• 2-rasm. Dastur yaratish
  • -rasm. Corel Drav dasturi




    Download 8,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/163
    Sana05.02.2024
    Hajmi8,98 Mb.
    #151641
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
    Bog'liq
    Kompyuter grafigi va dizayn Muxammadiyev Asliddin

    1-rasm. Corel Drav dasturi 
    Vektor formatdagi barcha ko’rinishlar bir necha qismlardan iborat bo’lib, ularni bir-
    biriga bog’liqsiz holda o’zgartirish mumkin. Ushbu qismlar ob`ekt deb nomlanib, bir 
    necha ob`ektlar yordamida yangi ob`ekt yaratiladi. Buning natijasida ob`ektlar 
    yanada murakkab ko’rinishga ega bo’lish holati kuzatiladi. Har bir ob`ektda 
    ularning 
    kattaligi
    , egriligi va joylashuv o’rnining qiymatlari orqali beriladi. Shu sababli, tasvir 
    ko’rinishlarini oddiy matematik amallar yordamida o’zgartirish imkoniyati yaratiladi. 
    Vektorli grafikani qo’llaganda, ob`ekt hajmining juda ham kichik yoki aksincha, juda 
    ham katta kenglikda bo’lishi inobatga olinmaydi. Ikki holda ham rasm bilan ishlash 
    bir xil kechadi. Xohlagan paytda tasvir sifatini o’zgartirmay turib, uni kattalashtirish 
    yoki kichraytirish imkoniyati mavjud. Vektorli usulda kodlashtirishning muhim 
    ahamiyati grafik faylning hajmi rastrli grafiklar fayllari hajmiga nisbatan sezilarli 
    darajada kichikligidir. Biroq, vektorli grafikaning kamchilik tomonlari ham 
    mavjud. 
    Birinchidan
    , hosil qilinayotgan tasvirning shartliligi, ya`ni tasvirlar 
    formulalar yordamida qurilgann egri chiziqlardan iborat bo’lganligi sababli, haqiqiy 
    tasvirni hosil qilish juda mushkuldir. Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni 


    17

    kodlashtirishda qo’llab bo’lmaydi. Agar tasvirni izohlash lozim bo’lsa, olingan fayl 
    hajmi rastrli grafika fayli hajmiga nisbatan ancha katta bo’ladi. Vektorli grafika 
    fayllarini qurishga bag’ishlangan dasturiy vosita sifatida juda keng tarqalgan 
    CorelDRAW dasturini keltiramiz.CorelDRAW 10 dasturining ishchi oynasi boshqa 
    grafik muharrirlar oynasiga o’xshashdir.
    2-rasm. Dastur yaratish 
    CorelDRAW 10 dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning boshlang’ich muloqot 
    oynasi hosil bo’ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham mumkin. Buning uchun 
    Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda oynani ko’rsatish) satridan 
    bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi.Dastlab dastur ishini sozlab chiqish 
    amalarini ko’rib o’tamiz. Agar ishchi oyna to’liq ekranni egallamagan bo’lsa, dastur 
    sarlavhasida yoyish tugmasini bosing. Natijada ishchi oyna to’liq ekranda hosil bo’lib 
    CorelDRAW 10 dasturi bilan ishlash yanada qulaylashadi.Yaratilayotgan tasvir aniq 
    ko’rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda joylanishi uchun ekranning ruxsat 
    etilgan kattaligini 1024x768 nuqtalarda, eng yaxshisi 1280x1024 ni qo’llanilishi 
    tavsiya etiladi.CorelDRAW 10 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi 
    asosiy elementlari bilan tanishib chiqamiz (2-rasm). Windows muhitida ishlovchi 
    boshqa dasturlar kabi oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi 
    joylashgan. CorelDRAW 10 dasturida o’z interfeysini o’zgartirish imkoniyatlari 
    kengaytirilgan.Dastur oynasining markazida varaq rasmi joylashgan, u ishchi soha 
    deb yuritiladi. Ishchi sohada va undan tashqarida tasvir chizish imkoniyati mavjud
    biroq chop qilinayotganda faqat ishchi sohada chizilgan tasvir chiqariladi. Ranglarni 
    boshqarish uchun oynaning o’ng qismida joylashgan ranglar majmuasidan 
    foydalaniladi. Holat satrida esa muharrir bilan ishlashni engillashtiruvchi turli xildagi 
    ma`lumotlar hosil bo’ladi. Tasvir chizishda qo’llaniladigan asosiy vositalar uskunalar 
    panelida joylashgan. Unda joylashgan tugmalar muharrirda bajariluvchi amallarni tez 
    bajarilishini ta`minlaydi. Xususan, Property Bar (Xususiyatlar paneli) alohida ajralib 
    turadi. Undagi tugmalar bajarayotgan amallaringizga bog’liq holda paydo bo’ladi 
    yoki ko’rinmaydi. Xohlagan paytda joriy holatga mos bo’lgan tugmaning 
    xususiyatlarini uskunalar panelida topishingiz va ishchi oynaning xohlagan tomonida 
    joylashtirish mumkin. Shu bilan birga menyu satrining ham o’rnini o’zgartirish 
    imkoniyati mavjud. Uskunalar panelining bo’sh qismida sichqonchaning 
    o’ng 
    tugmasini bosing
    , natijada yordamchi menyu (kontekst) paydo bo’ladi (3-rasm.).


    18


    Download 8,98 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




    Download 8,98 Mb.
    Pdf ko'rish