|
Marg’ilon pedagogika kolleji
|
bet | 3/5 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #140213 |
Bog'liq БМИ. OM.Axmedova Н.Т 3Marg’ilon pedagogika kolleji
Marg’ilon pedagogika kolleji O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 maydagi “Maktabgacha ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 418-sonli qarorini ijrosini tashkil qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim Vazirining 77-son buyrug’i O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini tasdiqlash to’g’risida»gi 466-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirining 119-son buyrug’ga asosan Maktabgacha ta’lim Vazirligi tasarrufida Marg’ilon pedagogika kolleji etib qayta tashkil etilgan. 2022 -2023 o’quv yilida 4 ta yo’nalish bo’yicha 630 nafar o’quvchi qabul qilish rejalashtirilgan bo’lib, amalda 446 ta o’quvchi qabul qilingan.
Margilon pedagogika kolleji. Muammo va Yechim - Dunyoda globallashuv jarayoni davom etayotgan bir vaqtda har bir mamlakat jamiyatdagi har bir sohani rivojlantirish , uni yuksaltirish maqsadida chora tadbirlar ko’radi.Bugungi kun talabi ham kadrlar tayyorlashni zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotini ko’tarish uchun esa ilm fandan samarali ravishda foydalaniladigan kadrlarni ta’lim tarbiya jarayoniga jalb qilish talab etilmoqda.
- Darhaqiqat yoshlarni zamonaviy bilim va kasb hunar orqali qurollantirish mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, uni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
- Har bir o’sayotgan yosh avlodni ta’lim tarbiyasi bilan shug’ullanish uchun esa malakali, zamonaviy, innovatsion bilim ko’nikmalarga ega , so’nggi fan yutuqlari bilan xamoxang ravishda ishlay oladigan kadrlar alohida o’rin egallaydi.
- Mamlakatimizda bugungi kunda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash modeli yuksak bilim va ko’nikmaga ega, raqobatbardosh professional kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
- Zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim tizimini yaratish, pedagog kadrlarni kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish,
- Kollej o’quvchilarini kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida o’quv amaliyotlarini o’tkazish uchun moddiy texnika bazasi yaratish, xududdagi MTTlarda sayyor mashg’ulotlar tashkil etildi.
|
| |