• ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
  • ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana10.02.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #154283
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    pedagogik-kompetentlik-nazariya-va-amaliyot
    13-14-mavzu, Mehnat resurslari tarkibi
    ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
    VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
    ISSN: 2181-1385 
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
    Academic Research, Uzbekistan 210  www.ares.uz 
    KIRISH 
    Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, 
    raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy soqlom shaxslarni tarbiyalab 
    berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada 
    rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual 
    rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy 
    pedagogik kadrlar zaqirasini yaratish" vazifasi belgilandi[1]. Kompetentli pedagog - u 
    kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai 
    nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini 
    aniqlashimiz muhimdir. 
    Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" nimani anglatishini va u 
    "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. "Kompetentlik" 
    tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va tajribasini o‘z ichiga 
    oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. 
    Aslida, ikkala atama o‘xshashdir. Kompetensiya bilimlarning umumiyligi va ularning 
    odamlarda mavjudligini anglatsa, kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish 
    darajasini anglatadi.
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
    Kompetensiyalar ta’rifiga bir qancha yondashuvlar mavjud:

    Amerikancha yondashuvda kompetensiyalar xodimlarning xulq-atvori 
    namunasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Agar xodim zarur ko‘nikma va bilimlarga ega 
    bo‘lsa, yaxshi natijalarni namoyish etadi.

    Yevropacha yondashuvda kompetensiyalar ish vazifalari va kutilgan ish 
    natijalarining tavsifi, ya’ni qabul qilingan standartlarga muvofiq harakat qilish 
    qobiliyati sifatida ko‘riladi[3]. 
    Vazirlar Maqkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son harori bilan tasdiqlangan 
    Umumiy o‘rta ta’limning Davlat Ta’lim Standartida kompetensiya tushunchasiga
    mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati 
    sifatida ta’riflangan[2]. 
    Funksiyalarni to‘g’ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya 
    tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o‘sishi uchun qaysi yo‘nalishda 
    harakatlanishini bilishi kerak.
    NATIJALAR 
    Professionallik va kompetentlik bir-biriga o‘hshash bo‘lsada, har xil ma’noga 
    ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma’lum bilimlar, balki 



    Download 0,61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish