|
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESBog'liq pedagogik-kompetentlik-nazariya-va-amaliyotACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Academic Research, Uzbekistan 212 www.ares.uz
Bularning barchasi formula shaklida taqdim etilishi mumkin: Kompetentlik =
Bilaman + Qila olaman + Istayman + Men qilaman.
Kasbiy kompetensiyani shakllantirish bosqichma-bosqich va doimiy tarzda
amalga oshiriladigan jarayondir. Uni quyidagi bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin:
1.
Maxsus ma’lumot olish.
2.
Amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
3.
Malaka oshirish, maxsus kurs va treninglardan o‘tish.
4.
Kasbiy tajribaga ega bo‘lish.
5. O‘z sohasida professionallikka erishish.
6. Tajriba to‘plash, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash bilan pedagogning
kompetentligi yaxshilanadi.
Jarayonning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan pedagogning shaxsiy xususiyatlariga
bog’liq. Pedagog yaxshi ishlashini qanday qilib tez va mustaqil ravishda tekshirish
mumkin? Muvofiqlikni qanday baholash kerak? Pedagoglarning kompetentligini
baholash quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan tizimdir:
- pedagoglarning malaka darajasi - baholash uchun etalonga mos mezonlar
ishlatiladi;
- mehnat unumdorligi va ish sifati;
- shaxsiy xususiyatlarning ta’lim yo‘nalishiga muvofiqligi;
- qo‘shimcha ko‘nikmalar mavjudligi;
- shaxsiy o‘sish va kasbiy rivojlanish istagi.
Pedagoglarning
kompetentligini
baholashda
xatti-harakatlarning
ko‘rsatkichlariga tayanib ish tutish samaralidir. Aynan shu narsa kompetensiya va
kompetentlik orasidagi farqlar nimani anglatishini aniq ko‘rsatib beradi.
Mutaxassislarning malakasini baholash muntazam, mustaqil, maqsadli, shaffof, aniq
mezonlarga ega bo‘lishi kerak.
Kompetentlik nima ekanligini tushungandan so‘ng, uning darajalarini aniqlash
qiyinchilik tug’dirmaydi. Kompetenlik modelini yaratish bo‘yicha quyidagi algoritmni
taklif etishimiz mumkin:
|
| |