• Tashkiliy-metodik ishlar.
  • O‘qituvchi shaxsiy tavsifi va o‘ziga xosligi.
  • O‘qituvchining tarbiyaviy ishlari




    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/40
    Sana09.10.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #274188
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
    Bog'liq
    uslubiy qo\'llanma

    O‘qituvchining tarbiyaviy ishlari. 
    Akademik guruhlarga rahbar 
    sifatida ishlash, talabalarning guruhlarida tarbiyaviy ishlar shakllanishini 


    68 
    (suhbat, munozara) tayyorlash va tashkil qilish, talabalar uylaridagi 
    ishlarda qatnashish, to‘garak, seksiya va klublarga rahbarlik qilish, 
    universitet va fakultet tarbiyaviy tadbirlarini tayyorlash va ularda 
    qatnashish. 
    Tashkiliy-metodik ishlar. 
    Rektorat va dekanat topshiriqlari ni 
    bajarish, universitet, fakultet, kafedra ilmiy kengashlarini tayyorlash, 
    ularda ma’ruzalar qilish, kafedra topshiriqlarini bajarish. 
    Shunday qilib, o‘qituvchining kasbiy faoliyati o‘z ichiga pedagogik 
    faoliyatning kopleks turlarini qamrab oladi. Ular, o‘z navbatida, chuqur 
    bilim, oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy faoliyati talab qiladigan 
    mutaxassisligi bo‘yicha takomillashgan ko‘nikmalar ni talab qiladi. Ana 
    shu 
    vazifalarni 
    muvaffaqiyatli 
    bajarish 
    o‘qituvchi 
    kasbiy 
    kompetensiyasiga, uning doimiy takomillashib borishiga bog‘liq. Bunda, 
    albatta o‘qituvchining kasbiy, shaxsiy sifatlari ham uning kasbiy 
    kompetensiyasi aspektlaridan hisoblanadi. Shu ikki narsa – o‘qituvchining 
    vazifasi va shaxsiy-kasbiy xususiyatlari uning kompetensiyasi asosi bo‘lsa, 
    uning takomillashib borishi o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasini belgilaydi.
    O‘qituvchi shaxsiy tavsifi va o‘ziga xosligi. 
    Ilmiy zehn – eruditsiya, 
    kasbiy pedagogik madaniyat, pedagogik mahorat, ziyolilik, kasbiy 
    pedagogik yo‘nalganlik, pedagogik fikr yuritish, o‘z faoliyatini sevish, oliy 
    darajadagi umummadaniyat, kuzatuvchanlik, sezgirlik, ijodkorlik, hulq-
    atvor, talabchanlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, yuksak ma’naviyat, 
    o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilish, kommunikabellik, pedagogik optimizm, 
    talabalar bilan ishlashga ishtiyoq, intellektual faollik, yangiliklarga 
    qiziqish va ularni tatbiq etish. 

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish