71
Diagnostik bilim.
Talabalarning bilim, ko‘nikma,
tajriba va
kompetensiyasi tizimida dastlabki, o‘rta va
yakuniy darajasini aniqlab
berish, talabalar guruhida pedagogik vaziyatlarni aniqlash,
talabaning
umumadaniy va tarbiya darajasini aniqlash va boshqalar.
O‘qituvchining prognostik bilishi.
Oldindan aytib berishi,
talabalar
o‘qishi va kasbiy tarbiya natijalarini oldindan aytib berish,
biron-bir
pedagogik vazifani aniq belgilab olib, uni
yechish shakllarini aniqlash,
talabalar uchun o‘quv-metodologik (tarbiyaviy) ishlarning rejalarini tuzib
olish, o‘quv jarayonida talabalar uchun yuzaga keladigan qiyinchiliklar va
xatolarni oldindan bilish va boshqalar.
O‘qituvchining konstruktiv bilishi.
Ta’lim
jarayonlarini ilmiy
asosda qurish, tashkil etish, samarador o‘quv
va kasbiy tarbiya
texnologiyalari, metodlari, shakllari, usullari va vositalirini tanlash hamda
qo‘llash, o‘quv-amaliy ishlarini tashkil qilish va boshqarish, talabalarning
o‘qishi va ijodiy ishlarini faollashtirish va boshqalar.