Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetetlikka oid




Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana31.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#40351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma
StartAndroid, 5.Maftuna, ishlanma 1
1.2. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetetlikka oid 
ilmiy yondoshuvlar 
Pedagogik kasbiy kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv 
masalasida butun dunyo olim va mutaxassislari o‘rtasida ilmiy munozara 
va bahslar davom etmoqda. AQSh va Yevropa mamlakatlari pedagogik 
olimlariga nisbatan Rossiya olimlari kasbiy kompetensiya masalalariga 
mukkasidan ketganligi yaqqol ko‘rinadi. V.Slastenin, I.Isaev va boshqalar 
tomonidan yozilgan “Pedagogika” o‘quv qo‘llanmasining 3-bobi 
“Pedagogning kasbiy kompetensiyasi”ga bag‘ishlanib, bu tushuncha va 
mahorati haqida fikrlar beradi. Mualliflarning ta’kidlashicha, pedagogika 
kompetensiya tizimi, amaliy va nazariy tayyorgarligi, pedagogning kasbiy 
kompetensiyasi kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega. 
Shaxs shakllanishini boshqarish kompetentlikni talab qiladi. Bu o‘zida 
o‘qituvchining nazariy va amaliy tayyorgarligini jamlagan holda uning 
kasbiy mahoratini namoyish qiladi. U yoki bu kasb yo‘nalishi bo‘yicha 
o‘qituvchining malakaviy tasnifi pedagog kompetensiyasi modeli 
me’yorlari bilan o‘lchanadi,
3
deb yozadilar. 
V.A.Bolotov va V.V.Serikovlarning fikriga ko‘ra, kompetensiya 
nuqtai nazaridan yondoshuv talabaning bilimdonligini emas, balki 
muammolarni hal qila olish qobiliyatini ko‘rsatadi va eng birinchi 
darajadagi zarur qobiliyat deb baholaydi.
4
Ye.V.Bondorevskaya va S.V.Kulnevichning ilmiy ishlarida talabalar 
yig‘adigan kompetensiya unsurlari faqat asosiy maqsadga, pedagogik 
faoliyat olib borish uchun yo‘naltirilishi yoki zarur bo‘lishi lozim deb 
hisoblaydi.
5
V.S.Yelegina 
va 
S.M.Poxlebaev 
tomonidan 
Rossiyaning 
“Fundamentalnoe issledovanie” jurnalining 2012 yil 3 sonida e’lon 
qilingan “Kompetentnostnыy podxod k organizatsii obuchenie studentov v 
pedagogicheskom vuze» ilmiy maqolasida kompetensiyaga yo‘naltirilgan 
ta’lim sharoitida talaba o‘z faoliyatidan ijodiy natija oladi va shu bilan 
birgalikda, muvaffaqiyat qozonishning usullari, yo‘llari, metodlari, 
yondoshuvlari va uslublarini o‘zlashtirib oladi. Aynan talaba tomonidan 
3
Сластенин В., Исаев И. Педагогика: ўқув қўлланмаси. 
4
Болотов В.А., Сериков В.В. Компетентностная модель: От идеии к образавательной программый. Педагогика. 2003. № 3. 
5
Бондоревская Е.В., Кулневич С.В. Педагогика. 2004. № 10. 


12 
yaratilgan ijodiy natija talaba bilan o‘qituvchining hamkorlikdagi ijodiy 
natijasi hisoblanadi. Talabaning o‘zlashtirishiga baho berishdan maqsad, 
berilgan ta’limning qanchalar samarador bo‘lganligi darajasini aniqlash, bu 
birinchidan, maktabda olgan nazariy bilimlari darajasini bilish, 
ikkinchidan undagi kompetensiya shakllanishi, amaliyot paytidagi 
muvaffaqiyatli faoliyati yanada tezlashadi.
6
Chuqur islohotlarni, modernizatsiyalashni talab qiladigan zamonaviy 
ta’lim o‘z-o‘zidan kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv masalasini 
ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Bu albatta, kasb jihatdan kompetentligi bo‘lgan 
bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashni talab qiladi. Ta’limning asosiy maqsadi 
talabada ijtimoiy zarur sifatlarni va kompetensiyani, shaxs sifatida o‘z-
o‘zini anglash, o‘z bilimlarini doimiy oshirib borish, o‘z-o‘zini boshqarib 
borish va faollashib borishni shakllantiradi.
Albatta, bu mavzuning o‘rganilganligi darajasini ko‘plab xorijiy va 
mamlakatimizdagi oliy va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan 
ilmiy izlanishlarda ko‘rishimiz mumkin. Agar biz AQSh oliy pedagogik 
ta’limi tizimi faoliyatiga nazar tashlamoqchi bo‘lsak, B.D.Vulfson, 
T.N.Kurilova, Z.A.Malkova va boshqalarning ilmiy ishlarini, agar AQSh 
pedagogik 
ta’limining 
maqsadlari 
haqida 
bilmoqchi 
bo‘lsak, 
N.D.Nikandorova, V.Ya.Pilipovskiy, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning kasbiy 
pedagogik ta’limi bo‘yicha G.G.Agapova, O.O.Borovikova, V.S.Budenko 
va boshqalarning ishlarini, AQSh o‘qituvchilarining malaka oshirish tizimi 
haqida esa V.B.Gargay, N.I.Kustinova va boshqalarning ishlariga nazar 
tashlasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqorida nomlari tilga olingan 
olimlarning ilmiy ishlaridan Rossiya va AQSh ta’lim tizimi bir-birini 
to‘ldirib boyitganligini tasavvur qilishimiz mumkin. AQSh, Kanada, 
Avstraliya va bir qator Yevropa mamlakatlarida pedagogik kadrlar 
tayyorlashning uzluksiz tizimi yaratilganligi ko‘zga tashlanadi va ular bu 
muammoni ma’lum bir tizimga solib keng o‘rganmoqdalar.
AQShda 
Kompetensiyaviy 
yondoshuvning 
falsafiy 
asoslari 
masalasida, ularning global maqsad va vazifalari, tashkiliy tizimi, 
mohiyati, ta’lim standartlari, sifati, ta’limning sifatini nazorat qilish, oliy 
6
Елегина В.С., Похлебаев С.М. Компетентносный подход к организации обучения студентов в педагогическим вузе. Фундаментальное 
исследование. 2012 № 3.


13 
pedagogik maktablarning faoliyatini aks ettirgan mualliflar M.Apple, 
D.Armstrong, D.L.Ball, D.Barnes, F.Baumgartner, M.Cochran-Smith, 
D.K.Cochan, L.Darling-Hammond, S.Feiman-Nemser, A.D.Glenn va 
boshqalar.
7
Bizning mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida 
belgilangan vazifalarni amalga oshirish zamonaviy o‘qituvchiga yangi 
talablarni qo‘yadi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak, degan 
savol birinchi darajaga chiqadi. Kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv 
masalasiga 
xorijiy 
mamlakatlarda 
bo‘lgani 
kabi 
ko‘r-ko‘rona 
yondashilmaydi. Kasbiy kompetensiya o‘rniga ijodiy jamoalar va 
pedagogik olimlar tomonidan kasbiy mahorat tushunchasi berilib, asosiy 
ilmiy ishlarda ma’lum bir soha va fanlarni o‘qitish borasida metod va 
uslublarni ishlab chiqishga qaratilgan, lekin aynan kompetenli o‘qituvchi 
masalasiga yondoshuv endigina amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatmiz uzluksiz ta’lim tizimining malaka oshirish bo‘g‘inida 
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, uni amalga oshirish hozirgi davr 
istiqbol talablaridan amaliyotchi o‘qituvchilar yetarli hamda samarali 
foydalana olmayaptilar. Buning asosiy sabablari malaka oshirish 
muammolari yetarli darajada tadqiq etilmaganligida, faqat sanoqli 
olimlargina kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuvga e’tibor 
qaratganligidadir.
Respublikamizda 
malaka 
oshirish 
muammolari 
va 
kasbiy 
kompetensiya masalalarida B.Adizov, A.A.Ahmadov, A.X.Aminov, 
T.L.Xurvalieva, N.A.Muslimov, Sh.Saidqulov kabi olimlar ilmiy 
izlanishlar olib bormoqdalar. Bu tadqiqotlarda asosan malaka oshirish 
tizimini takomillashtirishning tashkiliy pedagogik masalalari va pedagogik 
tashxis masalalari o‘rganilgan.
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash 
instituti olimlari biz yuqorida tilga olgan dunyoviy tajribalardan 
foydalanilgan holda kompetensiya tushunchasi va uning turlari haqida fikr 
yuritar ekan, T.L.Xurvalieva kasbiy kompetensiyani turlarga bo‘lib 
o‘rganishni taklif qiladi. Uni kasbiy kompetensiya, kasbiy kompetensiyani 
7
Кузьмених Ж.О. Проффесионально педагогическая подготовка будущих учителей в школах 
проффесиональная развития в США. Йошкар-ала. 2007. 


14 
shakllanish 
bosqichlari, 
shaxsiy 
kompetensiya, 
umummadaniy 
kompetensiya va maxsus kompetensiya turlariga bo‘lib o‘rganishni tavsiya 
qiladi. Ko‘proq rus pedagog olimlari materiallaridan, ayniqsa, 
A.V.Xutorskiy 
ta’limda 
o‘qituvchining 
yetti 
kompetensiyasini 
tasniflaganligini tilga olib, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbek pedagogika 
tizimiga tatbiq qilishga harakat qiladi. 
Bu borada 2013 yil 10 aprelda “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi 
tizimining pedagogik-psixologik muammolari” deb nomlangan xalqaro 
konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada T.Abdullaev, Z.Ismoilova 
“Pedagog kadrlar tafakkurini o‘zgartirishning pedagogik-psixologik 
muammolari”, N.Abdullaeva “Talabalarning ijodiy fikrlash salohiyatini 
rivojlantirish”, 
N.A.Muslimov, 
O.A.Qo‘ysinov 
“Kasb 
ta’limi 
o‘qituvchilarining 
malakasini 
oshirish 
jarayonida 
kasbiy-ijodiy 
kompetentligini shakllantirish”, F.Mirzaeva “Pedagog shaxsning kasbiy 
tayyorgarligi 
xususiyatlari”, 
Q.Olimov, 
K.Umatalieva 
“Razvitie 
professionalnoy kompetentnos ti sostavlyayuщaya pedagoga” deb 
nomlangan ilmiy maqolalaridan boshqa barcha maqolalar o‘qitish usullari 
va metodlari, turli fan va mutaxassisliklarni o‘qitish texnologiyalari va 
pedagogikaning an’anaviy ilmiy nazariyalariga bag‘ishlanganligi ko‘zga 
tashlanadi. Demak, kompetensiya va kompetensiya nuqtai nazaridan 
yondoshuv masalalarini alohida o‘rganish tizimi juda sekinlik bilan amalga 
oshmoqda. Shularni inobatga olgan holda, oliy ta’lim o‘qituvchisi 
kompetensiyasini takomillshtirish masalasini O‘zbekiston Respub likasi 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda chuqur 
o‘rganish zarurligini va ko‘plab ilmiy ishlar olib borilishi kerakligini 
ta’kidlash joiz.

Download 0.96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetetlikka oid

Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish