I BOB. PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNING ILMIY-




Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/39
Sana31.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#40351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma
StartAndroid, 5.Maftuna, ishlanma 1
 
I BOB. PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNING ILMIY-
NAZARIY ASOSLARI 
 
1. 1. Pedagogik kompetetlikning nazariy-metodologik asoslari 
 
 
Keyingi o‘n yilliklar mobaynida bir qator Yevropa, AQSh, Rossiya va 
bizning mamlakatimizda, oliy ta’lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. 
Bunda asosiy e’tibor, talabalarda egallayotgan mutaxassisligi bo‘yicha 
kompetensiya shakllanishi va takomillashuviga qaratilmoqda. Bugungi 
kunlarda jamiyat uchun butunlay yangi qiyofadagi mutaxassis talab 
qilinayapti. U faol ijodiy fikrlovchi, izlanuvchan, ilmiy axborotlarni 
mustaqil ravishda izlab topuvchi va ularni o‘z amaliy faoliyatida 
qo‘llovchi mutaxassis bo‘lib yetishishi lozim. 



Olimlarning fikriga ko‘ra, oliy ta’limni isloh qilish, yangilash, 
takomillashtirishda zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni 
tayyorlashning asosiy yo‘llaridan biri kompetensiya nuqtai nazaridan 
yondoshuv hisoblanadi. Oliy ta’limda o‘qish va tarbiyaning bunday 
uslubini 
joriy 
qilish 
o‘z-o‘zidan an’anaviy qarashlarni tubdan 
o‘zgartirishni talab qiladi. Bilim, ko‘nikma va tajribalar bu borada endi 
kamlik qilishi ko‘zga tashlanmoqda.
Hozirgi zamon pedagogika fani va bu borada olib borilayotgan ilmiy 
izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassislik larga, fan va 
uslublarga, o‘qitish usullari, texnologiyalariga juda ko‘p e’tibor 
qaratilganligini sezamiz. Ammo ana shu pedagogik usullarni tushunish, 
ularni amaliy faoliyatda qo‘llash masalasi eng dolzarb muammolardan 
biriga aylanganligini ta’kidlash mumkin. 
Pedagogika fani ham boshqa gumanitar va tabiiy fanlar qatori o‘z 
o‘rgamchak ipiga o‘ralashib qolgandek tuyuladi. Muammo bu sohadagi 
pedagogik nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga tatbiq etishda yaqqol 
ko‘zga tashalanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, o‘qituvchilarda 
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish mahoratining yetishmasligi 
sezilmoqda. Demak, ko‘plab o‘qituvchi larni, pedagoglarni eskirib qolgan 
nazariy bilimlar yuki bosib qolyapti. Ularda zamonga xos tub 
o‘zgarishlarga mos kelish, munosib bo‘lish kabi sifatlar yetishmaydi. 
Huddi shu sifat kompetensiya – kompetensiya egasi bo‘lish, kompetent 
pedagog nomini olish masalasi hisoblanadi.
Yevropa 
mamlakatlari 
o‘qitish tizimidan ko‘chirib olingan 
kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv Rossiya pedagog olimlarini 
chuqur izlanishlar olib borishga chorlamoqda. Ammo pedagogik o‘qitish 
usul va metodlari texnologik yo‘llarini kompetensiya nuqtai nazaridan 
yondoshuv atamasiga ag‘darib olish bilan masala yechilmasligi yanada 
ayon bo‘lib bormoqda. Kompetensiya masalasining dolzarbligi shundaki, 
eng avvalo, o‘qituvchi va pedagogning kasbiy konpetensiyasini 
shakllantirish va takomillashtirish muammosini yechishni talab qiladi. 
Kompetensiya 
nuqtai 
nazaridan 
yondoshuvning 
dolzarbligini 
Vatanimiz ta’lim-tarbiya tizimida ham sezish mumkin. Kompetensiya eng 
avvalo, davlat va jamiyat tomonidan beriladigan ishonch, vakolat 


10 
ekanligini ta’kidlash zarur. Aniqrog‘i, mamlakatimiz manfaati uchun 
xizmat qilish kompetensiyasi – vakolati zarurligini ko‘ramiz. 
Pedagogik kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, 
uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishni uzviy birlashtiruvchi tizim 
ekanligini ta’kidlaymiz.
1
“Bizga bitiruvchilar emas, balki maktab ta’limi 
va tarbiyasini ko‘rgan kadrlar kerak”– degan edi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimov. 
1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX 
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 
va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Bu hujjatlar haqida 
Islom Karimov: “Mustaqilligimiz ning, bugungi va ertangi hayotimizning 
kafolati hisoblanadi”,– degan edi.
2
Milliy dasturning maqsad va vazifalari 
ularning asoslanganligi, muhimligi va muammolarni hal qilish yo‘llari 
ilmiy asosga tayanadi.
“Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish 
aspektlari” haqida fikr yuritar ekanmiz, mavzu uchun AQSh, Fransiya, 
Yevropa mamlakatlari, Rossiya pedagogikasida olib borilayotgan ilmiy 
izlanishlarga e’tiborimizni qaratish bilan birgalikda O‘zbekiston 
Respublikasi ta’lim tizimidagi ilmiy va amaliy izlanishlarni o‘rganishga, 
ularni tahlil qilishga harakat qilamiz. 
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi mutaxassislar tayyorlashda 
mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda islohotlar sari yuz 
tutmoqda. Hozirgi paytda oliy pedagogik maktabning asosiy vazifasi, biz 
yuqorida tilga olib o‘tgandek raqobatbaodosh, kompetentli o‘qituvchilar 
tayyorlashdan iboratdir. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan oliy ta’lim 
maktablarida ishlay oladigan, o‘z kasbiy vazifalarini mustaqil va ijodiy 
yecha oladigan o‘qituvchilarga bizning mamlakatimizda ham talab 
kuchayib bormoqda. Kompetentlikning mezonlari qanday, o‘qituvchi 
kasbiy tayrgarligi qanday bo‘lishi lozim? degan savollarga javob 
qidiramiz.
 
1
Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. Тошкент.1999. 
2
Каримов И.А.Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдеворини яратишдан иборатдир. IХ сесиядаги 
нутқдан. 


11 

Download 0.96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNING ILMIY-

Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish