• "Texnologiya"
  • Pedagogik texnologiya
  • Pedagogik texnologiya tushunchasi va unga berilgan ta`riflar




    Download 55 Kb.
    bet1/3
    Sana07.04.2023
    Hajmi55 Kb.
    #49306
      1   2   3
    Bog'liq
    Pedagogik-texnologiya-tushunchasi-va-unga-berilgan-ta
    4-Ma\'ruza, uk-bayramlari, 3-Мавзу, 202-20 guruhga 4- topshiriq (2), SCOPUS and WoS Journals, Mustaqil ish O\'yin faoliyati, Mustaqil talim o`yin faoliyati, Academic collocations, Документ Microsoft Word, МИ сиртқи ун, Mustaqil ta.Oz.tili.soha.qol. (2), Культурное и духовное наследие узбекского народа, 4749-Article Text-9215-1-10-20221231, elektrotexnika va radiotexnika

    Pedagogik texnologiya tushunchasi va unga berilgan ta`riflar

    Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qo’llanilayotgan «pedagogik texnologiya» atamasi inglizcha «an educational technologu» so’zidan olingan bo’lib, «ta`lim texnologiyasi» degan ma`noni bildiradi.


    "Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan -texnos- san`at, hunar va logos- fan, ta`limot so’zlaridan tashkil topib, "hunar fani " ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi . Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon -bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo) ga bosqichma- bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir.
    Ishlab chiqarishda texnologiya so’zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
    Texnologik jarayon- ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.
    Texnologik operasiya - ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.
    Texnologik xarita- ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
    Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
    Ana shu ta`rif va tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin:
    Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’quvchi (talaba)larga o’qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta`sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o’qitish texnologiyasi», «ta`lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi.

    Download 55 Kb.
      1   2   3




    Download 55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik texnologiya tushunchasi va unga berilgan ta`riflar

    Download 55 Kb.