|
Ta’lim ta’moyillari: ilmiylik, onglilik, tizimlilik va izchillik
|
bet | 2/4 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 27,39 Kb. | | #158553 |
Bog'liq Педагогик технология ва педагогик маҳорат разница aprel 001Ta’lim ta’moyillari: ilmiylik, onglilik, tizimlilik va izchillik.
Pedagogikada ta’limning ilmiy - nazariy, uslubiy asoslari alohida, ya’ni didaktika qismida o’rganiladi. Bu jarayonda ta’lim prinsiplariga alohida to’xtaladi. Xo’sh, ta’lim prinsiplari kim uchun va nima uchun kerak? U o’quvchi faoliyatiga ham dahldormi? Ta’lim jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq. Ta’lim prinsiplari o’quv tarbiya jarayoniga qo’yiladigan ijtimoiy talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qiladigan qoidalar sifatida amal qiladi. Ko’pchilik adabiyotlarda «o’qitish prinsiplari» iborasi ishlatiladi. Lekin ta’lim prinsiplari ta’lim jarayonining ikkala sub’ektiga- o’qituvi va o’quvchiga ham daxldor. Shuning uchun ularni ta’lim prinsiplari deb atagan ma’qul, deb ta’kidlaydi prof.O.Roziqov. Ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, qoidalar ta’lim prinsiplari deb ataladi. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo’lib, ular ta’limning barcha turlari, darajalari, sub’ektlari, o’quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlariga dahldor umumiy qoidalardir. O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak - atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shuning uchun o’qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Ta’lim prinsiplarining uzviy bog’liqligi. Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir - biri bilan mustahkam bog’liq holda bir sistemani tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchi talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarning mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.
O’quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo’lishi, texnika va fanning so’nggi yutuq va kashfiyotlarini o’zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan o’quvchi ilm fandagi yangiliklardan xabardor bo’lishi lozim.
Ishbilarmonlik o‘yinini tashkil etish texnologiyasi.
Ishbilarmonlik o‗yinlari texnologiyasi Ta‘lim jarayonidagi о‗quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridagi biri bо‗lib kelgan va shunday bо‗lib koladi. О‗quvchining faolligi, maqsadli yо‗naltirilgan boshqaruvchi pedagogik ta‘sirlar va pedagogik muhitning tashkil etilishi natijasidir. О‗quvchilarning faolligini ta‘minlovchi, о‗qitish texnologiyalaridan biri - pedagogik ishbilarmonlik о‗yini hisoblanadi. О‗yin faoliyatiga qiziqish, о‗quvchilarning о‗z-о‗zini ifoda etish, rо‗yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiruvchi, musobaqalashish elementlari orqali ta‘minlanadi. О‗yinning ajoyib xususiyati shundaki, u bir vaqtning о‗zida ham rivojlanish ham о‗rganish hisoblanadi. Pedagogik о‗yinlar о‗yin uslubiga kо‗ra quyidagicha tavsiflanadi: fanlar bо‗yicha; syujetli; ishbilarmonlik, imitatsion, dramalashtirilgan о‗yinlar.
|
| |