DIDAKTIK TALABLAR HAQIDA
Endi darsga qo’yilgan didaktik talablarga to’xtalib o’tamiz. Ular quyidagilardan
iborat.
1.
Darsning ta’limiy-tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash. Darhaqiqat har bir
dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilishi lozim. Bu jarayonda
o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi.
2.
Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish.
3.
Dars mavzusining mohiyatini o’quvchilarning mustaqil fikrlab
o’zlashtirishiga erishish. Agar o’quvchi muamoli vaziyatni o’zining hayotiy tajribasiga
tayanib yechadigan bo’lsa, u nafaqat o’quvchi tafakkurini kuchaytiradi, balki uning
xotirasida mustahkam saqlanib qolishiga ham sabab bo’ladi. Shu jarayonda
qatnashadigan psixologik qonuniyatlardan yana biri-tafakkurni emotsional tomonini
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1843
qamrab oladi. U ham bo’lsa, o’quvchi u muammoli vaziyatni o’zi mustaqil hal qilganda
unda qiziqish, ya’ni o’z mehnatining mahsulini ko’rishdan qoniqish tuyg’usi paydo
bo’ladi.
T.V.Kidyavtsev (Т.В.Кидявцев), I.Ya.Lerner (И.Я.Лернер), A.M.Matyushkin
(А.М.Матюшкин), M.I.Mahmutov singari olimlar muammoli vaziyatni psixologik
o’rganish asosida hamda vaziyatdan chiqishga yo’naltirilgan qaror qabul qilish
jarayoniga tayanib, ta’limning muammoli “tadqiqot” usulini taklif qilishdi. Mazkur
ta’lim metodi o’quvchini “ilk kashfiyotchi”, “tadqiqotchi” qiyofasiga keltiradi va
muammoni o’zi hal qilishga undaydi. Bu yerda o’qituvchining roli muammoli vaziyatni
rejali maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil qilishda yotadi. Shuningdek, u o’quvchilar
oldiga masalani qo’yadi va zarur hollarda yordam ko’rsatish bilan ham shug’ullanadi.
Bu usul bilimlarni egallash va tafakkurni rivojlantirish uchun yangi qulay usul
hisoblanadi. Chunki bu vaziyatda o’quvchi qandaydir darajada qandaydir yangilikni o’zi
kashf qiladi. Natijada o’quvchi o’quv jarayonida ijodiy va qiziqish bilan yondashadi.
O’tkazilgan tadqiqotlar va pedagogik tajriba-bu ta’lim usulining samarali ekanligini
isbotladi. Yana shuni isbotladiki, har qanday o’quvchining tafakkurida minimal
darajada bo’lsada, ijodkorlik elementlari mavjud ekan.
Psixologiya fanida turli-tuman usullarini shunday yaxlit tizimi ishlab chiqilganki,
bu tizim yordamida pedagoglar o’quvchilarning o’quv faoliyatini muammoli
vaziyatlarini mustaqil yechishga oqibatda, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga
erishdilar.
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, muammoli ta’lim standart “Ma’lumot uzatish”
ta’limi bilan ziddiyatga bormaydi. Aksincha, u qonuniy holda an’anaviy (standart)
usulda uzatiladigan materialni o’quvchi aqliy qobiyatini faollashtiruvchi zaruriy
vositaga aylantiradi. Shunday bo’lsada, biz quydagi muammoli ta’limni standart ta’lim
usuli bilan qiyoslab ko’ramiz.
Standart ta’lim uslubida, birinchi navbatda, o’qituvchi “tayyor” bilimlarni
uzatadi, o’quvchi esa ularni passiv holda o’zlashtiradi. Shundan so’ng o’zlashtirgan
bilim xotirada mustahkamlanadi va nazariy holda amaliy o’quv topshiriqlarini yechish
jarayonida qo’llaniladi. Shuning uchun ham bu usul bilimlarini o’zlashtirish va hayotda
qo’llash uslubi deb ataladi.
Muammoli ta’lim esa an’anaviy (standart) ta’lim usulida shu bilan farq qiladiki, u
o’quvchidan umuman ma’lum masalalarni yechishni talab qilmaydi, bu asosiy talab
emas. Farq shundaki, bu usul o’quvchilarga masalalarni yechish jarayoni ularning o’quv
faoliyatida qanday o’rin tutishini tushuntirib beradi. Muammoli ta’limda ma’lum bir
muammo pedagogik rahbarligida o’quvchi tamonidan mustaqil o’zlashtiriladi.
4.
O’quv materialini o’quvchilar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga,
hayot bilan chambarchas bog’lashiga erishish.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
|