|
Pedagogik texnologiyalardan foydalanishBog'liq o-quv-mashg-ulotlarida-didaktik-talablardan-va-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanishǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1842
qolmasligi kerak, balki o’quvchilarga yangi bilimlarni o’zlashtirishga yaqindan turib
ko’maklashuvi lozim. Ta’kidlash joizki, hozirgi zamonaviy darslarda uning
ishtirokchilari bo’lmish o’qituvchi va o’quvchilarning vazifalari o’zgargan. O’qituvchi
darsda yetakchi, yo’naltiruvchi, ko’mak beruvchi rejissyor, boshqaruvchi vazifasini
bajarsa, o’quvchi darsning faol ishtirokchisiga aylanadi, u mustaqil ishlaydi, fikrlay,
ijod qiladi. Bahs-munozarada o’z fikr mulohazalarni himoya qiladi, unda o’z-o’zini
boshqarish malakasi hosil bo’ladi.
Hozirgi kunda ilm-fan taraqqiyotining jadal rivojlanib borishi o’qituvchi,
o’quvchilar faoliyatini yanada takomillashtirib, dars mashg’ulotlariga yangicha talqin
berib, ta’lim samaradorligini oshirishni taqozo etmoqda. Shu o’rinda e’tirof etish joizki
“Xalq ta’limi” jurnali 2006-yil 1-sonida e’lon qilingan professor R.Jo’rayevning
“Zamonaviy dars. U qanday bo’lmog’i lozim” nomli maqolasida ham olib borilgan
ilmiy taqiqotlar natijasiga ko’ra, bugungi darslarning yutuq va kamchilliklari batafsil
fikr yuritilgan bo’lib darslarni yangicha tashkillashtirish unga yangi tus va shakl berish
bilan bog’liq ilmiy izlanishlar olib borilayotganligi hamda maskur masala shu kunning
eng dolzarb muamolaridan biri ekanligi alohida ta’kidlangan.
Ko’p pedagogik adabiyotlarda ta’lim samaradorligiga erishishning yuzlab usullari
haqida ilmiy tavsiyalar keltirilgan. Ammo ularning kamchiligi shundaki, bu usullarni
qo’llash asosan o’qituvchi zimmasiga yuklatilagan. Nostandart darslar va ta’limning
interfaol usullarida markaziy o’rinda o’quvchi shaxsi qo’yilgan, bunda o’qituvchi
tashkilotchi va mazmunni to’ldiruvchi vazifasini bajaradi, tadqiq qiladi biz nostandart
darslar va ta’limning interfaol usullarning ba’zilariga to’xtalib o’tamiz. Ularni to’ldirish,
yangilarni o’ylab topish, samaradorligini oshirish albatta barchamizdan izlanishni talab
etadi. Ayrim pedagogik texnologiyalarni o’quv mashg’ulotlariga qo’llash jarayonida
o’zgartirishga, to’ldirishga, takomillashtirishga to’g’ri keladi. Bunda o’qituvchining
pedagogik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |