PEDAGOGIK METODLARDAN FOYDALANISH HAQIDA




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana12.06.2024
Hajmi0,56 Mb.
#262953
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
o-quv-mashg-ulotlarida-didaktik-talablardan-va-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish

PEDAGOGIK METODLARDAN FOYDALANISH HAQIDA 
O’quvchilarning matematika fanidan mustaqil ravishda misol va masalalarni 
yecha olishi, turli didaktik o’yinlar bilan shug’ullanishi, tarqatma materiallar bilan 
mohirona ishlab bilishi, suhbatlar uyushtirishi, teatrlashtirilgan ko’rinishlarni tashkil 
etishi kabi turli usullardan foydalanib, faoliyat ko’rsatishi ularning amaliy san’at 
mashg’ulotlari mazmunini sifatli o’zlashtirishga keng yo’l ochib beradi va eng muhimi, 
amaliy san’at fanlari o’quv mashg’ulotlarini qiziqarli tashkil etishga yordam beradi. 
Har qanday yuqori saviyada o’tkazilgan dars garchand u aniq dalillarga tayangan 
bo’lsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa, o’quvchining eshitish qobiliyati susayadi va 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 
ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1846
charchaydi. Bu holat o’quvchining loqayd eshituvchiga aylantirib qo’yishi mumkin. Shu 
sababli qisqa savol-javob, fikr almashuvlar olib borishga to’g’ri keladi. Dars davomida 
mavzuni asta-sekin o’quvchining kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog’lab borish 
orqali tegishli yechimlarini topishga keng yo’l ochadi, o’quvchilarda befarqli o’rniga 
ichki intilish yuzaga keladi. Eng muhimi, o’quvchini mustaqil o’z shaxsiy fikrini 
asoslashga va fikr almashuvi orqali o’z bilim hamda malakasini oshirishga olib keldi. 
Demak, biror bir narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash 
lozim bo’lgan usullar majmuasini amaliy qo’llashda alohida usullar orqali amalgam 
oshirish tartibi qo’llaniladi. 
O’quvchida mustaqil tafakkur uslubini shakllantirish uning aqliy taraqqiyotining 
belgilab beradi. Demak, o’z-o’zidan kelib chiqadiki, o’quvchida mustaqil tafakkur 
uslubini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan yangi pedagogik texnologiyaning aqliy 
taraqqiyotiga ham o’z hissasini qo’shar ekan. Umuman aytganda, shaxs taraqqiyotining 
asosiy yo’nalishlaridan biri uning aqliy taraqqiyotidir. O’quvchi aqliy taraqqiyotning 
natijasi o’laroq, shaxs ham taraqqiy qila boradi. Samarali ta’lim o’quvchilar xotirasida 
qanchalik ko’p ilmiy bilimlarning saqlanib qolishi bilan emas, balki shu muhim bilimlar 
asosida o’quvchi qay darajada mustaqil fikrlay olishiga qarb belgillaniladi. Ta’limga 
nisbatan qo’yilgan bu talab ta’limga yangi ta’lim usullarni joriy qilish zaruriyatini 
keltirib chiqardi. Shunday qilib, pedagogik tajribada yangidan-yangi izlanishlar 
dunyoga keldi va bu izlanishlar samarasi o’laroq, yangi pedagogik texnologiyalarning 
turlaridan biri-muammoli dars berish uslubi ishlab chiqildi. Muammoli dars berish 
uslubi o’quvchilarning xotirasiga emas, birinchi navbatda, tafakkur jarayoniga ta’sir 
qilishi ko’zda tutilgan. 
Ta’lim jarayonini, xususan matematika darslarini ijodiy yondashuv asosida 
tashkil etishda nostandart dars metodlarini o’rni va roli beqiyosdir. Zero ular o’z 
mohiyatiga ko’ra, o’quvchilarni faollikka undaydi, ta’lim jarayonida qizg’in bahs 
munozaralarni yuzaga keltirish imkoniyatlariga ega [1-30]. Ijtimoiy va tabiiy jarayonlar 
muayyan qonuniyatga ega bo’lganligi, har bir ijtimoiy voqelik tabiiy hodisalar ma’lum 
tartib asosida kechganidek, nostandart darslarda foydalanishda ham bir qator qoidalarga 
amal qilish ularning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Quyidagi 
nostandart ta’limni tashkil etish yoki ixtiyoriy shakldagi ta’lim jarayonida nostandart 
darslardan foydalanishning asosiy shartlari tariqasida quyidagilarni e’tirof etish 
mumkin. 
Bulardan 1) maqsadni aniq belgilab olish. O’quvchilar bilan ularni qiziqtirgan 
mavzuda “kichik suhbat” tashkil etilganidan so’ng darsning umumiy holati qisqacha 
shartlanadi. Ya’ni o’quvchilar dars loyihasi bilan tanishtiriladi va ko’zda tutiluvchi 
maqsad ifoda etiladi. Maqsadning barcha uchun tushunarli bo’lishi muhimdir. Asosiy 
maqsad darsning har bir bosqichida o’z ifodasiga ega bo’lishi lozim. 2) mavzudan 
chetga chiqmaslik. Darsning har bir bosqichida vazifalarning bajarishiga e’tibor qaratish 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Download 0,56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish