Pedagogika fakulteti




Download 0,89 Mb.
bet10/16
Sana06.06.2021
Hajmi0,89 Mb.
#14782
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Kompozitsiya so‘zi lotinchadan kompositio - yani predmet bo‘laklarini solishtirib, ma’lum tartibda yaxlit joylashtirish, g‘oyaga muvofiq ijod qilish, bayon qilish, kompozitsiya tuzish demakdir.

Kompozitsiya, san’atning hamma turlarini negizida mavjud: adabiyot, teatr-kino, musiqa, tasviriy va amaliy san’at, arxitektura va hokazo.

Kompozitsiya o‘quv predmet sifatida, qalamtasvir, rangtasvirdan keyin paydo bo‘ldi va hozirda kompozitsiya kursi oliy ta’lim kasb-hunarlari o‘quv rejalariga kiritilgan.

Pedagogika universitetlarining badiiy-grafika fakultetlarida kompozitsiya fani o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga kompozitsiya qonun- qoidalarini, haqiqatni to‘g‘ri shaklda ifodalash usullarini o‘rgatadi.

Tasviriy san’atda kompozitsiya qalamtasvir, soya-yorug‘, rang, havo va chiziqli perspektivasi kabi tasviriy vositalar bilan yaratiladi.

Kompozitsiya kursi o‘quvchilarni mustaqil ijodiy va pedagogik faoliyatida obrazli fikr yurgazishida katta ahamiyatga egadir.

Qalamtasvir va rangtasvirda rassom bevosita kompozitsiya asoslariga murojaat qiladi, uning qonun-qoidalarini bilmay turib kompozitsiya, qalamtasvir, rangtasvir mohiyatini tushunib yetmaydi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishida “Kuz manzarisida kompozitsiya ishlash”ning mohiyati, uning tasviriy san’atda rivojlanish tarixi, badiiy ijodning asosiy qonun- qoidalari, vositalari va ularni o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tasviriy san’at darslarida o‘qitish metodlari haqida tavsiyalar tushunchalar beradi. Shuning uchun rassom - o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda kompozitsiya fanining eng murakkab va muhim fan sifatida o‘rganish tavsiya etiladi.

Kompozitsiya qonun - qoidalarini chuqur bilish, qobiliyatli ijodkor ongiga sayqal beradi. Yetuk rassomlarning ijodiy tajribasiga va kompozitsiyani o‘qitish uslubiyatiga asoslanib Badiiy Akademiya tomonidan 1960-64 yillari nashr etilgan 8 jildli «Shkola izobrazitelnogo iskusstva» nomli metodik qo‘llanma tasviriy san’at manbaini boyitdi.

San’at asarlarini tahlil qilganimizda, kompozitsiya qoida va usullari o‘z mohiyatini asta – sekin yo‘qotib, yangi kompozitsiya qoidalari paydo bo‘la boshladi. Badiiy asar yaratishda rassomlar tabiiy va ongli ravishda kompozitsiya qonunlariga rioya qilishadi. Har bir ijtimoiy – jamiyat san’at oldida yangi zamonaviy vazifalarni ko‘ndalang qo‘yadi.

Hozirgi vaqtda biz kompozitsiyani nazariy asoslarini ikki guruhga ajratib o‘rganamiz.

1. Kompozitsiya qonunlari.

2. Kompozitsiya qoida va usullari.

Kompozitsiya usul (yo‘llari). Kompozitsiyani asosiy usullaridan biri ritmni ifodalash, kompozitsiya mavzusi markazini aniqlash, simmetrik yoki assimetrik holati, massani ikkinchi plandagi kenglikdagi asosiy qurilmasini joylashtirish.

Ritm hayotda va san’atda mavjudligi rassom uchun yaxshi belgi, vositadir u bir elementni oraliqda galma –gal qaytarilishidir. Asar g‘oyasini kompozitsiya tuzilishini idrok etishda ritm estetik obrazli tasavvur rolini o‘ynaydi va kontrast rang, ton qonunlariga suyanadi.

Tasviriy san’atda kompozitsiyani rivojlantirish tarixi bilan tanishib, imkoniyat darajasida mavjud bitiruv malakaviy ishiga tegishli ma’lumotlarni tartibli ravishda o‘rganib, kompozitsiya nazariyasi xaqida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ldik.




Download 0,89 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 0,89 Mb.