• I.BOB. “MANZARA” JANRIDA KOMPOZITSIYA ISHLASHNING TASVIRIY SAN’ATDA TUTGAN O‘RNI.
  • Mavzuning malakaviy yangiligi




    Download 0.89 Mb.
    bet8/16
    Sana06.06.2021
    Hajmi0.89 Mb.
    #14782
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Mavzuning malakaviy yangiligi. “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiya orqali uning pedagogik muammolari birinchi marta yaxlit holda o‘rganildi. “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyada milliy an’analar va o‘zbek millatiga xos ijtimoiy hayotning o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyaning mazmuni, pedagogik vositalari va uslublari ishlab chiqildi.

    I.BOB. “MANZARA” JANRIDA KOMPOZITSIYA ISHLASHNING

    TASVIRIY SAN’ATDA TUTGAN O‘RNI.

    I.I. “Manzara” janrida kompozitsiya ishlash qonun-qoidalari va uning tasviriy san’atdagi ahamiyati.

    San’atning turlari nihotda ko‘p bo‘lib, ular adabiyot, musiqa, kino, teatr, me’morchilik, amaliy-bezak, sirk, televideniye, tasviriy san’at hisoblanadilar. “Tasviriy” atamasi “tasvirilash” so‘zidan olingan bo‘lib, unda turli material, xususan, bo’yoq, tosh, gips, yog‘och shuningdek, boshqa badiiy va tashlandiq materiallar yordamida har xil obrazlarni va narsalarning rasmi, haykalini ifodalash tushuniladi. Tasviriy san’at ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, halqlar tarixini bilishga xizmat qiladi. Tasviriy san’atning paydo bo‘lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Bu vaqtda kishilar voqealarni, odam va xayvonlarni toshlarga tasvirini chizib, ularni kesib turli ko‘rinish va mazmunda haykallar yasaganlar. Qadimdan kishilar san’at, tabiat xodisalari va kishilarning o‘zaro munosabatlari, faoliyatlariga, xulqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaganlar. Shu qatori tasviriy san’at asarlari kishilarga katta kuch bilan ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega. Kishilar tasviriy san’at asarlarini tomosha qilish orqali ularda ifodalangan go‘zallikni ko‘rish orqali o‘z hayotiga ana shunday go‘zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonona harakatlarni ko‘rib ularga o‘xshashga intiladilar. San’at asarlaridagi tabiat ne’matlaridan ruhiy ozuqa olish, hayotdan zavq olish orqali ulardan bahramand bo‘ladilar, dam oladilar.



    Ayniqsa, manzara janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko‘rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqealar emas, balki musavvirning ichki kechinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog‘u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo‘lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan O‘.Tansiqboyevning “O‘zbekistonda mart”, “Jonajon o‘lka”,

    O.Tansiqboyev.”Qayroqqum tongi”.



    “Mening qo‘shig‘im”,N.Karaxanning “Oltin kuz” N.Kashinaning “Tog‘da bahor”, Z.Inog‘amovaning “Arpa o‘rimi”, “Choyga”, R.Temurovning “Bibixonimda bahor”, “Ulug‘bek madrasasi” asarlari mualliflarga shuhrat keltirdi.

    O’.Tansiqboyev. “Jonajon o’lka’’.



    N.Karaxan.”Oltin kuz”.



    Z.Inog’amov.”Choyga”.

    Rassomlar o‘z asarlarida hayotni qanday ko‘rsalar o‘shanday emas, balki undagi harakterli ko‘rinishlarni tanlab oladilar, kerakmas ikkinchi darajali ko‘rinishlarni tushurib qoldiradilar, muhimlarini bo‘rttirib ko‘rsatadilar. Tanishish va bo‘rttirish orqali rassomlar narsa va xodisalarni kishilarning tafakkuri va hissiyotlariga samarali ta’sir ko‘rsatishga erishadilar. Rassom borliqni shunchaki biladigan shaxs emas, balki u boy tasavvur va tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishidir. U o‘z ijodida borliqni shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki unga asoslangan holda nimalarnidir o‘ylab topadi, tasavvur etadi va to‘qiydi. Eng muhimi san’at asarlari o‘z mazmunida borliqni aks ettiribgina qolmasdan, u rassomning g‘oyalarini ifodalaydi, uni boyitadi, Shu bilan birga bunday asarlar tomoshabinga emotsional ta’sir ko‘rsatish kuchiga ham egadir.



    Download 0.89 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 0.89 Mb.