• Ta’lim berish vositalari
  • Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulotning TEXNOLOGIK XARITASI
  • Faoliyat bosqichlari Faoliyatning mazmuni
  • 2. Asosiy bosqich (35 daqiqa)
  • 3. Yakuniy bosqich (2 daqiqa)
  • II.II. “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyaning badiiy tahlili
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
  • I L L Y U S T R A T S I YA L A R
  • Pedagogika fakulteti




    Download 0.89 Mb.
    bet16/16
    Sana06.06.2021
    Hajmi0.89 Mb.
    #14782
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Ta’lim berish usullari

    Suhbat, ijodiy, “Klasster” metodi

    Ta’lim berish shakllari

    Guruhlarda ishlash, yakka tartibli

    Ta’lim berish vositalari

    O‘quv qo‘llanma, proyektor, markerlar, akvarel va guash bo‘yoqlari, goznak qog‘ozi, lanshet,malbert, qora qalamlar, mo’yqalamlar va h.k

    Ta’lim berish sharoiti

    Texnik ta’minlangan, tasviriy sa’at darslari uchun mo‘ljallangan xonalar

    Monitoring va baholash

    Og‘zaki nazorat: amaliy-ijodiy ishlar,eskizlar

    Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiya

    bo‘yicha amaliy mashg‘ulotning

    TEXNOLOGIK XARITASI


    Faoliyat bosqichlari

    Faoliyatning mazmuni

    Ta’lim beruvchi

    Ta’lim oluvchilar

    Tayyorlov bosqichi

    (3-daqiqa)

    Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.

    Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o‘quv bilish muammoli vazifalarni ishlab chiqadi. Samarali ichki guruhlar ishini ta’minlovchi guruhlar uchun yozma yo‘riqnomalarni tayyorlaydi.






    1. Kirish bosqichi

    (5 daqiqa)



    1.1.Mavzuning nomi, maksadi, ukitish natijalarini, mavzuning rejasini eslatadi.

    1.2.Guruhlar ishini baxolash mezonlarini e’lon qiladi (1-ilova).




    Tinglaydilar.

    Bajaradilar.





    2. Asosiy bosqich

    (35 daqiqa)

    2.1.O’quvchilarni faollashtirish maqsadida suhbat va “Klasster” metodi asosida savol-javob usulini qo‘llaydi:

    1. Kompoziyaga ta’rif bering.

    2.Manzara janrida ishlangan ompozitsiyalarning tasviriy san’atda tutgan o‘rni javoblarni umumlashtiradi.

    2.2. O’quvchilarn diqqatini jamlash maqsadida “Klasster” metodidan foydalanib, mavzuning nazariy asoslarini ochish. (2-ilova)

    Mavzudan o‘zlashtirilgan bilimlar doskada chizilgan klasster aylanalari ichiga yozib boradi.

    O’quvchilarn faoliyatini nazorat qiladi, yo‘naltiradi, maslahat beradi. Baholash mezonlarini eslatadi.

    2.3.Bajargan ishlarini takdim kilishlarini so‘raydi. Takdimot jarayonida talabalar ijodiy ishlarini badiiy tahlil qiladi, faol o‘zlashtirganlarini rag‘batlantiradi.


    Savolga javob beradilar.
    Yakka tartibda bajargan ishlarini guruhlarda muhokama qilib, yagona to‘g‘ri fikrni tanlaydilar
    Har bir o‘quvchi tayyor ishlarni olib chiqib malbertlarga iladi va taqdim qiladi.
    Kompozitsiyada ilgari surilgan g‘oyalarni asoslaydi.
    Boshqa ishtirokchilar. tomonidan berilgan savollarga javob beradi.

    3. Yakuniy bosqich

    (2 daqiqa)

    3.1.Mavzuni umumlashtiradi, xulosalar qiladi, yakun yasaydi.

    3.2.Guruhlar ishini baholaydi, faol ishtirokchilarni alohida qayd qiladi va baholarni e’lon qiladi.

    3.3. Mustakil ishlashlari uchun tayyorgarlik ko‘rib kelish vazifasini beradi (4,5- ilovalar).


    Eshitadi.

    Vazifani yozib oladilar.



    II.II. “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyaning badiiy tahlili

    Rassom o‘z kompozitsiyasida qanday badiiy, ifodaviy, kompozitsion vositalar bilan yaratayotganiga alohida e’tibor berish kerak. Aytish lozimki, ushbu asarda chiziqli perspektivadan foydalanish asosiy ahamiyatni kasb etadi. Chunki bu narsa kompozitsiyaning yaxshi chiqishiga yoki unda ko‘zni aldaydigan fazoning yaratilishiga bog‘lik bo‘ladi. Perspektivada – chuqurlikni kog‘ozda aks ettirishda insonning ko‘rish qobiliyati hisobga olinadi. Perspektivaning birinchi qonuniyati quyidagi g‘oyani ilgari suradi: predmet qanchalik uzokda joylashsa, u shuncha kichkina ko‘rinadi. Ikkinchi qonuniyat shundan iboratki, inson parallel chiziqlarni xuddi bir nuqtada kesayotgandek ko‘radi. Shuning uchun ularni bir – biriga nisbatan kichik burchak ostida tasvirlash lozim.

    Ushbu tasviriy san’at asarini badiiy his qilishda perspektiva katta urin egalaydi, chunki unda  tasvirning haqiqatga “o‘xshashlik” asoslari mujassam etilgan.

    Ko‘rish usuli –asarni badiiy his qilish uchun katta ahamiyatga ega. Bu esa “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyani tahlil qilayotganda yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Rangtasvirning vazifasi ikki o‘lchamli yassilikda uch o‘lchamli xaqqoniylikni (reallikni) yaratish o‘ta mushkul bo‘lib, u bir tomonlama matematik yechimga ega emasdir.


    Chuqurlikka yo’nalgan chiziqlarlarning kesishuvini  va ularning paralelligini birlashtirib bo‘lmaydi. Rassomning oldida turgan tanlov imkoniyati ushbu tanlovdan ancha kengdir. Rangtasvirda ko‘llanayotgan shartlilikning aniq (konkret) usullarini tanlash bu madaniyat uchun xos bo‘lgan dunyoni ko‘rish usullariga bog‘liq.

    Kompozitsiyada to‘g‘ri perspektivadan foydalangan holda, yorug‘ havoyi muhitini yaratish, nur – soya  o‘yinlari va hokazolar asosida qurilgan kompozitsiyaning akademik usullaridan foydalanilgan.


    Kompozitsiyaning bir qismidagi omilardan biri  ta’sir etish intensivligi, kompozitsiyaning qarama – qarshi tomonidagi boshqa omillarning faollashuvi evaziga mutanosiblashadi. Bunda ijodkor kompozitsion usul, kompozitsion prinsip va kompozitsion vositalar deb nomlangan bir qator qoidalarga asoslanadi.

    XULOSA

    Manzara janrida kompozitsiya - mavzu asosida, xotira va tasavvurdan hamda illyustrativ rasmlar ishlash jarayonida o‘z aksini topadi. Bunda tanlangan mavzuning mazmuniga ko‘ra, uning elementlari qog‘oz yuzasidan bir-biriga bog‘liq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani topish uchun bir qancha xomaki ishlar, eskizlar ishdaydilar va ulardan maqsadga muvofiq keladiganlarini tanlab olib, kompozitsiya tuzishda qo‘llaydilar. Mavzuli kompozitsiyalar tuzishda detallarning o‘rnini almashtirish, qo‘shimcha detallar kiritish orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazmunni ifodalashda kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlariga rioya qilish lozim. Bular - «Bir butunlik», «Xillashtirish», «Qarama-qarshi» (yaxlitlik), asardagi hamma vositalarni bosh g‘oyaga bo‘ysindirishdan iborat.


    “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiya misolida manzara janrida kompozitsiya ishlashni pedagogik zaruriyat sifatida o‘rganish;

    “Kuz manzarasi” mavzusida kompozitsiya ishlashda buyuk rassomlar ijodiy merosidan foydalanishga erishish;

    “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiya orqali o‘zbek millatiga xos milliy urf-odat va an’analarning tutgan o‘rnini va ahamiyatini ko‘rsatish;

    “Kuz manzarasi” mavzusida ishlangan kompozitsiyani dars jarayonlarida o‘rgatishda yangi pedagogik texnologiyaning samarali usullari va vositalaridan foydalanish.

    Bugun biz mislsiz hodisa – san’atning yasharishi va yashnashi boshlanayotgan davomli jarayon ostonasida turibmiz. Ko‘z o‘ngimizda Mustaqil O‘zbekistonning yangi san’ati tug‘ilib kelmoqda. Bu san’at mustaqillik yo‘lidan borayotgan xalqqa munosib bo‘lmog‘i kerak.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
    Abduraxmonov G‘.M. Tasviriy san’at kompozitsiyasi. - T., 1996.

    Beda G.V. Jivopis. Uchebnoye posobiye. - M., 1986.

    Grenberg Y.I. Texnologiya stankovoy jivopisi (monografiya). - M., 1982.

    Istoriya zarubejnogo iskusstva. Uchebnik. Pod red. M.T.Kuzminoy, N.L.Malsevoy. 3-ye dop.izd. - M., 1983.

    Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T., 1997.

    Mahmudov T. Mustaqillik va ma’naviyat. - T., 1993.

    Mahmudov T., Olimov Y., O‘zbekiston san’atida inson omili. -T., 1988.

    Oripov B. Tasviriy san’at iboralari izohli lug‘ati. -N., 2003.

    Oripoa B. Tasviriy san’at darslarining samaradorligini oshirish. - T., 1978.

    Oydinov N. O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar. - T., 1997.

    Risunok. Jivopis. Kompozitsiya. Xrestomatiya. Uchebnoye posobiye dlya studentov xud.graf.fak. pedinstitutov (sost. N.N.Rostovsev i dr.). - M., 1989.

    Tasviriy san’at ta’limi. Davlat ta’lim standartiga sharx. Umumiy o‘rta ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ta’lim taraqqiyoti. 6-maxsus soni. - T., 1999, 86-100-betlar.

    Hasanov R. Maktabda tasviriy san’at mashg‘ulotlarini takomillashtirish yo‘llari. - T., 1986.

    O‘zbekiston san’ati (1991-2001 yillar). - T., 2001.




    I L L Y U S T R A T S I YA L A R





    Download 0.89 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0.89 Mb.