Pedagogika fakulteti




Download 0.89 Mb.
bet9/16
Sana06.06.2021
Hajmi0.89 Mb.
#14782
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Manzara janri. Tasviriy san’atda tabiat, shahar, industrial, interyer ko‘rinishlarini tasvirlanishi manzara janrga taalluqlidir. Manzara janridagi asarlarning ayrimlari bevosita tabiat manzarasini haqiqiy ko‘rinishini tasvirlasa, boshqalari ijodiy tarzda xayolan ifodalangan bo‘ladi. Ba’zan bu ikki hol bir asarda bo‘lishligi ham mumkin. Manzara janrini paydo bo‘lishi juda uzoqlarga borib taqaladi. Manzara tasvirlarining keng tarqalishini Qadimgi Sharq va Krit orollari misolida ko‘rish mumkin.

Masalan, eramizdan avvalgi asr Beni-Xasandagi qabr tasvirida yovvoyi mushik ovi tasvirlangan. Bu janr esa mustaqil ravishda Xitoyda 6 asrda paydo bo‘lgan. Yevropa san’atida esa O’yg‘onish davrida ilmiy asosda ya’ni chiziqli va havo (rang) perespektivasi asosida shakllangan.

Manzara janrini ikki xili mavjud. Birinchisi mustaqil turi bo‘lib, unda faqat manzara aks ettiriladi. Ikkinchi turida manzara biron tasvir fonida tasvirlanadi. Masalan, portretni orqa tomonida tabiat yoki shahar manzarasi tasvirlanishi mumkin.Manzara janrida samarali ijod qilgan rassomlardan I.Levitan, I.Shishkin, O‘.Tansiqboyev, I.K.Ayvazovskiy, N.Karaxan kabilarni ko‘rsatish mumkin.

Manzara janrining ko‘rinishlaridan biri bu interyer hisoblanadi. U binolarning ichki qism ko‘rinishlarini ifodalaydi. Bu janr qadimgi Misr, Xitoy rassomchiligida uchraydi. Ular o‘z ishlarida aql bovar qilmaydigan darajada aniqlik bilan perespektiva qonunlari asosida interyerni tasvirlay olganlar.

Bu janrda ijod qilib Jotto, A.Verrokko, Leonardo do Vinchi, Rembrantlar shuxrat qozonganlar.

Manzara janrining ikkinchi bir ko‘rinishi bu marina janridir. Unda asosan dengiz ko‘rinishlari va undagi xodisalar tasvirlanadi. Marina janrini shakllanishida I.Ayvazovskiyning xizmatlari katta bo‘lgan. U o‘zining umrini faqat dengiz ko‘rinishlarini tasvirlashga bag‘ishladi. Uning “To‘qqizinchi val”, “Chesmen jangi”, “Qora dengiz”, “To‘lqinlar orasida” kabi asarlari jahon tasviriy san’atida munosib o‘rinni egalladi.



I.Ayvazovskiy. “To’qqizinchi bal”.



Manzara janri ko‘proq rangtasvirda, qisman grafika va haykaltaroshlikda qo‘llaniladi. Haykaltaroshlikda manzara asosan uning relyef turida ishlatiladi. Haykaltaroshlikda manzara ko‘rinishlari asosiy emas, to‘ldiruvchi, qo‘shimcha ahamiyat kasb etadi.

I.Ayvazovskiy.”Ishg’ol qilish”.





Download 0.89 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 0.89 Mb.