V. Fanni o‘qitishning natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)




Download 3,04 Mb.
bet149/152
Sana07.01.2024
Hajmi3,04 Mb.
#131775
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

V. Fanni o‘qitishning natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashirish natijasida talaba quyidagi kompetensiyalarga ega bo‘ladi:

  • motivatsion-kognitiv – bilish faoliyatiga yo‘nalganlik, o‘quv-bilish faoliyatining anglanganligi, ijodiylik, nastandart vaziyatlardagi xulq-atvor, o‘quv vazifalarini hal etishdagi mustaqillik, pedagoglik kasbini egallashga qiziqish va intilishlarga ega bo‘lish;

  • informatsion – axborotlar ustida ishlash, axborot xurujlaridan himoyalanish, axborot iste’moli madaniyatini egallash;

  • kommunikativ – lingvistik savodxonlik, adabiy va ilmiy uslub qoidalarini o‘zlashtirish, verbal va noverbal nutq ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, o‘zaro fikr almashish, voqelikni tahlil etishda erkin muloqotga kirishish, pedagogikj voqelikka o‘zining xolisona munosabatini bildirish;

  • g‘oyaviy-mafkuraviy – milliy g‘oyaning mazmun-mohiyatidan xabardorlik, dunyoning mafkuraviy manzarasini anglash, g‘oyaviy immunitetga egalik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish, milliy g‘oyaning shaxsiy va ijtimoiy mohiyatini anglash, milliy g‘oyaning pedagogik faoliyatdagi o‘rnini aniqlashtirish;

  • fuqarolikka doir – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini anglash, milliy-madaniy meros, xalqning o‘tmishi, buguni va istiqbolini uyg‘unlikda tahlil etish, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etish, mahalla hayoti va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari, ijtimoiy harakatlar tomonidan o‘tkazilayotgan loyihalarda faollik ko‘rsatish;

  • ma’naviy-axloqiy – jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor meyorlarini o‘zlashtirish va amal qilish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘zlashtirish va pedagogik faoliyatning bosh mezoniga aylantirish, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish, ma’naviy targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etishga tayyorgarlik;

  • akmeologik – o‘ziga va uni o‘rab turgan atrof-muhitga ishonch, o‘z xohish-istaklari va ehtiyojlarini to‘liq anglash, bugungi kundagi mavjud imkoniyatlarni va kelgusidagi ijodiy rivojlanish istiqbollarini aniqlash, refleksiya, identifikatsiya, interiorizatsiyaga, o‘zining qarashlari, e’tiqodi va ustanovkalarini o‘zgartirishga qobiliyatlilik;

aksiologik – pedagogik voqelikni aksiologik baholash, pedagogik hodisalarni qadriyat sifatida anglash, pedagogik jarayondan zavqlanish, lazzatlanish, mas’uliyat hissini sezish, o‘z pedagogik pozitsiyasini anglash va ta’limiy qadriyatlar asosida pedagogik faoliyatga tayyorlik.



Download 3,04 Mb.
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V. Fanni o‘qitishning natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Download 3,04 Mb.