• Tayanch so‘zlar
  • O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
  • Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




    Download 3,04 Mb.
    bet2/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



    PEDAGOGIKA KAFEDRASI


    UMUMIY PEDAGOGIKA
    FANIDAN
    Ma’ruzalar


    1-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
    REJA:

    1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

    2. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim sohasidagi islohatlari.

    4. Ta’lim tizimi va turlari.



    Tayanch so‘zlar: ta’lim tizimi, ta’lim islohotlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish.



      1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

    O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 172-bandida «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab berildi.
    Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida yigirmadan ortiq xorijiy davlatning (Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya, Angliya, AQSh, Fransiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, Gollandiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va b.) ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari o‘rganildi va ularning ilg‘or tajribalari inobatga olindi.
    30 ga yaqin manfaatdor vazirlik va idoralar, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq mutaxassis va 100 dan ortiq fuqaro qonun loyihasi bo‘yicha fikr va mulohaza, takliflarini bildirdi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
    Takliflarning aksariyati ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimiga, shuningdek ta’lim sifatini yaxshilashga, muallimlarning obro‘-e’tiborini oshirishga, ularning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan.
    Yangi tahrirda ishlab chiqilgan qonun loyihasida boblar soni 5 tadan 11 taga va moddalar soni 34 tadan 75 taga yetkazildi.
    Qayd etilishicha:

    • birinchidan, ta'lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:

    • ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);

    • nazariy - ta'lim tashkiloti negizida, amaliy - ta'lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta'lim;

    • oilada ta'lim olish va mustaqil ta'lim olish;

    • katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta'lim berish;

    • jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta'lim;

    • eksternat tartibidagi ta'lim - o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta'lim oluvchilardan davlat ta'lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tish;

    • mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

    ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta'lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
    uchinchidan, ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga ko‘proq e'tibor qaratilgan:

    • ta'lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;

    • pedagogik xodimlar, ta'lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar bo‘yicha. Ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.

    to‘rtinchidan, davlat ta'lim standartlari va talablari, o‘quv jarayoniga o‘quv rejalari va dasturlarini, ta'lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta'limni joriy etish bilan bog‘liq masalalar tartibga solingan. O‘qishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish mexanizmi bayon etilgan;
    beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:
    a) birinchilarga quyidagilar kiradi:

    • nodavlat ta'lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta'lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta'lim turi uchun alohida beriladi;

    • ta'lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish – Ta'lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta'lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e'tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan tashkilotlar maxsus reyestrga kiritiladi, bu haqdagi ma'lumotlar Ta'lim inspeksiyasining saytiga joylashtiriladi;

    • xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta'lim to‘g‘risidagi hujjat tan olish, shuningdek ta'lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish. Tan olish va apostil qo‘yish ham Ta'lim inspeksiyasi vakolatiga kiradi;

    b) Ta'lim inspeksiyasi quyidagilarga haqli:

    • nodavlat ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda;

    • ta'lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta'limning mazmuni va sifati ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan taqdirda - ta'lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatini bekor qilish.

    Qonun 24.09.2020 yildan kuchga kirdi.

    Download 3,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Download 3,04 Mb.