o‘n birinchidan, ta’lim muassasalarida byudjet mablag'lari dan maqsadli va samarali foydalanishni hamda byudjet intizomiga rioya etishni ta’minlash;
o‘n ikkinchidan, ta’lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish.
Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoni qabui qifindi. Farmonga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’iim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-intematlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-intematlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda; 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-bunar kollejlariga o‘qishga qabui qilish umumta’iim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshirilishi belgilab berildi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10—11-sinflari o‘quvchilari ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilaming qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ulaming ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart- sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ulami zarur jihozlar bilan ta’mini ash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10—11-sinflari o‘quvchilariga, kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘nsida»gi 868-son qarori qabul qilindi.
0‘quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta’lim berishning vazifalari etib quyidagilar belgilab qo‘yildi: - o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o'zlashtirilishini ta’minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblami o‘rgatish orqali ulaming kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; - kasbiy ta’lim berish jarayonida «usta-shogird» an’analari, mahalliy va xorijiy ilg'or tajribam o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda kasblaming malaka talablari va kasbiy ta’lim berish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish; - kasbiy ta’lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta’lim berish sifatini ta’minlash; - o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ulaming mehnat faoliyati bilan faol shug‘ullanishi imkonini bemvchi kasb egasi bo‘lishlarini ta’minlash; - mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash.
|