Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi




Download 3,04 Mb.
bet8/152
Sana07.01.2024
Hajmi3,04 Mb.
#131775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   152
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:

  • har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallami keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish;

  • oliy ma’lumotli kadrlami tayvorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklami hududlar va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlaming talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlami kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;

  • yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy ta’lirn tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlami sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;

  • pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish;

  • oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlami yanada rivojlantirish, ulaming akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlami ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish;

  • oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlaming qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;

  • oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ulaming o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash;

  • oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, talabalar, o‘qituvchi va yosh tadqiqotchilaming jahondagi ilg‘or ta’lim resurslari ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazasi bo'yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-mayda «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilindi.

Download 3,04 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   152




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi

Download 3,04 Mb.