|
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari
|
bet | 3/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika1.2 Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasinining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga ko’ra Ta’lim sohasidagi asosiy prinsplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim sohasidagi islohatlari.
2017 - 2021-yillarda 0‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta’lim sohasiga doir qator islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida isloh qilishga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» PQ-3305-son qarori asosida respublikamizda ilk bor Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomiUashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ulami malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalami qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalami har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ulami maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqamvini tubdan takomiUashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-son Farmoni qabul qilindi
Mazkur farmonda quyidagilar 0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi:
|
| |