• 2-BOB. TA’LIM TIZIMI, TURLARI VA SHAKLLARI 6-modda. Ta’lim tizimi
  • -modda. Ta’lim olish huquqi




    Download 3,13 Mb.
    bet9/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    5-modda. Ta’lim olish huquqi
    Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
    Ta’lim olish huquqi:
    ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
    ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish;
    ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
    kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
    umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish;
    oilada yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
    CHet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
    O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.


    2-BOB. TA’LIM TIZIMI, TURLARI VA SHAKLLARI
    6-modda. Ta’lim tizimi
    Ta’lim tizimi:
    davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini;
    davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
    ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
    ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
    ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
    Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.



    Download 3,13 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   251




    Download 3,13 Mb.