Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida
Shaxsiy rivojlanishda olib boriladigan faoliyat - bu insonning eng ko’p
vaqt sarflaydigan va unga eng katta ta’sir o’tkazadigan unsurlardan biri.
Umuan, faol bo’lish, fizik mashg’ulotlar bilan shug’illanish psixologik sog’lom
bo’lishda o’ta muhim. Oksford ilmiy tadqiqotlaridagi bir ensiklopediyada
yozilishicha, ko’plab rivojlangan davlatlarda odamlar fizik faol emas va bu
psixik holatga salbiy ta’sir o’tkazadi, ruhiy yetuklik uchun yetarlicha foyda
olinmaydi. Bunda kichik jismoniy harakatlar emas, kengroq tushunchalar,
deylik, sayohatga undovchi, ko’proq ma’no anglatuvchi faoliyat turlari
odamlarni o’ziga ko’proq jalb qilishi ham ta’kidlab o’tilgan.
Shaxs faoliyat jarayonida har tomonlama, yaxlit, bir butun bo’lib
rivojlanadi. Bu rivojlanishda faoliyatni to’g’ri yo’lga qo’yish juda muhim, biroq,
ko’p hollarda shaxsning yetarlicha faoliyatiga imkon yaratilmaydi, u qo’llab-
quvvatlanmaydi. O’smir va o’spirin yoshdagilarning asosiy faoliyatlariga o’yin,
o’qish va mehnat kiradi. Faoliyatning eng asosiy turi - bu muloqot. Atrofdagi
muhitga qarab faoliyat sust yoki faol bo’lishi mumkin. Jamiyatda shaxsning
o’z faoliyatidan huzur olishi, uni sevib bajarishi unda qoniqish hissini hosil
qiladi. Faoliyatning rag’batlantirilishi esa uni yanada yuqori cho’qqiga
ko’taradi. Masalan, o’quvchining o’rganish faoliyati qanchalik qo’llab-
quvvatlansa, uning intellektual salohiyati shunchalik ortib boradi. Umuman
olganda, shaxs rivojlanish yo’lida u doim faol, doim nimadir qiladi. Bu esa shu
rivojlanishning asosiy omili deyishga sabab bo’la oladi.
Manbalar:
•
"Oxford Research Encyclopedia of Psychology" - Paula M. Barret, Mark R.
Dadds, Ronald M. Rapee
•
"Family Treatment of Childhood Anxiety: A Controlled Trial" - Ryan E.
Rhodes, Patrick Boudreau
•
"Encyclopedia of Infant and Early Childhood Development" - B. H. Fiese,
M. A. Winter
•
"Personality development across the life course: The argument for change
and continuity" - Caspi A, Roberts BW
•
https://teach.com/what/teachers-know/teaching-methods/
•
https://www.brighthorizons.com/family-resources/parenting-style-
four-types-of-parenting
•
https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.2753/RES1060-9393350665
•
https://en.wikipedia.org/wiki/Personality_development
http://fayllar.org