Tarbiyada oilaviy munosabatlar
Tarbiyalash jarayonida oilaning holati, undagi ota-ona, ota-ona va bola
munosbatlarini tarbiyadan alohida deb qarash mumkin emas. Ayrim
izlanishlar shuni ko’rsatadiki, maktab yoshidagi bolalarning
10-20% qismida
allaqachon xavotirli kayfiyatlar paydo bo’la boshlaydi. Bunda ular ota-
onalarining munosbatlari, undagi muammolardan aziyat chekishlari
mumkinligi isbotlangan. Bunda holatlarga tushmaslik, tushganda chiqib keta
olishda oiladagi munosbatlarning to’g’ri yo’lga qo’yilishi muhim. Bu jarayonda
asosan kichikroq yoshdagi bolalar va onaning ishtirokidagi harakatlar ancha
samarali, degan xulosaga kelingan.
B.H. Fiese o’zining "
Bolalikdagi erta
rivojlanish ensiklopediyasi" nomli kitobida shunday deydi: "…s
o’nggi 50
yillik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bola tarbiyasida ona bosh rolda, deb
olinadi va bu juda effektiv hisoblanadi. Chunki bola eng ko’p vaqtini ona bilan
o’tkazadi va uning eng g’amxo’r kishisi ham ona hisoblanadi. Bular to’g’ri,
biroq ona yagona asosiy roldagi shaxs emas. So’nggi yillarda tadqiqotchilar
bu jarayonga otalarni ham jalb qila boshlashdi. Tabiiyki, bu jarayonda hamon
ona ustuvor rolda qoldirildi, biroq ota ishtiroki shunday xulosalarni keltirib
chiqardiki, bola tarbiyasida otaning ta’siri ajoyib uchlik (ota, ona, bola) hosil
qiladi, bu shunchaki ona-bola yoki ota-bola munosabatidan ko’ra ancha
ko’proq narsalarni anglatadi. Tarbiyada oiladagi munosabatlar to’g’ridan-to’g’ri
ta’sir o’tkazadi, masalan, agar ona-ota munosabatida notinchlik kuzatilsa, bu
albatta bola tabriyasida aksini topadi. Bu esa yana bir muhim faktni oshkor
qiladi: bola tarbiyasida ona-bola yoki ota-bola munosabatidan tashqari
oiladagi ota-ona munosabtalari ham o’ta muhim…". U o’z asarida fikrlarini
davom ettirarkan, "
yaxshi oilaviy munosabatlar formulasi bormi?" Degan
savolga shunday Javob beradi:
"…juda uzoq vaqtlardan beri biz yaxshi
tarbiya ko’rgan oilalarni kuzatib, ularni o’rganishdan keyin shunday xulosa
bilan yashab kelganmiz: ularning barchasi bir birga o’xshash, ularni umumiy
bir formula sifatida qarasa bo’ladi. Bu xulosaga kelishga oilalarning an’anaviy
xususiyatlari, etnik kelib chiqishlar va talaygina boshqa faktorlar hisobga
olingan. Biroq so’nggi yillardagi izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, "bir formula
hammasiga tushadi" degan nazariya o’zini oqlamaydi. Biz bu borada doim
ijtimoiy-etnik muhit jihatidan kelib chiqib xulosalar qilamiz". Ya’ni, oilaga
qanday yondashish, tarbiyada qanday munosabatlar muhimligini belgilashda
oilaning ijtimoiy ahvoli, etnik kelib chiqish va atrof-muhit omillari hisobga
olinishi kerak. Bu omillarning o’zgarishi, munosabatlarning ham turlicha
bo’lishiga olib kelishi mumkin va bu bola tarbiyasida ham o’zining bir muncha
keskin ta’sirlarini ko’rsatadi.
Umuman olganda, oiladagi munosabatlarning mana bunaqasi yaxshi,
deb ko’rsatish yoki to’g’ri emas, yoki xato. Chunki bitta formula hamma uchun
bir xilda ishlamaydi. Munosabatlar bu dunyoning har burchagida bir xil
formula bilan hal qilinadigan matematik masala emas, bu o’ta murakkab
tushuncha.