1-topshiriq Nurboyev Jasur dif 313-18 oel005
Pedagogika. Psixologiya
1-topshiriq
Talaba: Nurboyev Jasur
Guruh: DIF 313-18 (OEL005)
Topshiriq savollari:
1. Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?
2. Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari?
3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib
borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?
4. Tarbiyada oilaviy munosabatlar?
5. Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?
Javoblar
H
ammasi internet manbalari asosida, chet el adabiyotlaridan yig’ib
chiqildi. Manbalar bilan hujjat yakunida tanishtirib o’taman.
Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?
Shaxs rivojlanish jarayoni bu ma’lum davr davomidagi ruhiy o’zgarishlar,
fikrlashning shakllanib borishi va shaxsni boshqalardan ajratib turuvchi
xususiyatlarning rivojlanishini o’z ichiga oladi. Inson psixologiyasining
dominant qirralari boshdanoq o’zini namoyon qiladi va butun umr davomida
o’sha qirralar rivojlanib boradi. Balog’atga yetish davrlari shunday paytlarki,
unda shaxs temperamentining ilk haqiqiy jihatlari namoyon bo’la boshlaydi.
Aynan shu davrdan boshlab insonning kelgusi hayoti, rivojlanish yo’llari hal
qilinish jarayoni boshlanadi. Odatda shaxs rivojlanishida yosh oshib borgan
sari qarorlar qabul qilish, voqea-hodisalardan olinadiga hissiyotlar, xulosalar,
keskin muhitlardagi o’zini tutish kabi ko’plab jihatlar turg’unlashib, "stabil"
holga o’tib boradi. Bir qancha adabiyotlardan shunday xulosa qilish mumkin-
ki, shaxs rivojlanishida talaygina dunyo olimlarining nazariya, teoriyalari
mavjud. Keling ulardan ayrimlarini keltirib o’tamiz.
|