asoslanadi. O’quvchi qaysidir amallarni fizik jihatdan bajarishi, rol ijro etishi,
sport harakatlarini bajarishi - shu usulga misol bo’la oladi. Bunda barchasi
jismoniy harakatlarga asoslangani uchun juda bir texnologik usul deb
bo’lmaydi, lekin effektiv hisoblanadi.
Farqli ko’rsatmalar usuli. Bu usul 1975-yillardanoq mashurlasha boshladi.
O’sha davrlarda nogironligi bor bo’lganlarga alohida, boshqacha vazifalar
berish zarurati ko’rib chiqilgan va barcha ta’lim olishga haqli, degan g’oyalar
ilgari surila boshlagandi. Asosiy g’oya: talabaning individual imkoniyatidan
kelib chiqib unga turlicha yondashish. Hozirgi davrda bu ancha samarali
hisoblanadi.
So’rov asosida o’rganish. Bunda o’qitivchi asosiy rolda emas, ya’ni u
hamma narsani o’rgatmaydi. U o’quvchini savol berishga undaydi va savolini
aniq belgilab olib, shu bo’yicha shaxsiy izlanishlar qilishiga undaydi. Bunda
o’qituvchi yagona bilim manbai emas va o’quvchi kengroq resurslarga ega
bo’ladi.Bu degani o’qitvchi umuman aralashmaydi, degani emas. O’qituvchi
o’quvchining izlanish jarayonida unga izlanishda to’g’ri yo’nalishlar beradi,
yuqori darajali savollar beradi va izlanishlarni shu asosida davom ettirishga
undaydi. O’qituvchi bunda ma’lumot manbai emas, yo’naltiruvchi vazifasini
o’taydi.
Ekspeditsiyaga asoslangan metod. Usul o’quvchining real hayot bilan
bog’lanib, unda tarjibalar qilib, shu orqali o’rganishiga asoslanadi. Masalan,
o’quvchi sahardagi havo ifloslanish statistikasini yig’adi, shaharning ko’proq
zararlangan qismlarini tekshiradi. O’quvchi vaziyatni, muammoni o’zi jiddiy
anglab yetgach, o’qutivchi bilan birgalikda unga yechim qidirishni boshlaydi.