• Ishlashi mumkin bo`lgan joylar
  • Kasb tipi
  • Kasbiy muhim sifatlar
  • Pedagogika va psixologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet106/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Ishlash sharoiti: Tashki muhitda; ijtimoiy muloqot cheklanmagan; sabr-toqat, diqqat va kuchi xotira talab etadigan ish; ish tartibi – navbatchilik shaklida; kuchli talab qo`yiladigan, kuzatuvchuilik va boshqaruvchilik talab etadigan ish sharoitidagi faoliyat.
    Tibbiy monelik (cheklovlar): Bo`g`im kasalliklari; rangni ajrata olmaslik; ko`rishning va eshitishning pastligi; xotiraning pastligi; asab va ruhiy kasalliklar; umurtqa pog`onasi kasalliklari.
    Ishlashi mumkin bo`lgan joylar: Kasbni egallash kichik mutaxasislar kompaniya tizimidagi mintaqaviy temir yo`l stantsiyalarida mehnat faoliyatlarini olib borishlari mumkin bo`ladi.


    KASBLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI


    5. Avtotransportlarga texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha texnik kasbi
    Kasb haqida umumiy ma`lumot: Korxona, tashkilot va avtomobillarga texnik xizmat ko`rstish shaxobchalarida avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha chilangar, avtomobillar texnik holatini (kompyuter) diagnostika qilish texnigi, avtomobillarning elektr jihozlari elektrchilanganlik ishlarini amalga oshiradi.
    Kasb tipi: Odam – Texnika.
    Bilim, ko`nikma, malaka: Fizika, matematika, iqtisodiy bilim asoslari, informatika va axbarot texnologiyalari fanlarini; avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash usullari; akkumulyator batareyasining tekshira olish, elektrolit zichligi va temperaturasini o`lchash; avtomobil agregat va mexanizmlarning tuzilishini; startor cho`lg`amlarini uzilganligini tekshirish usullari; avtomobillarni ta`mirlash jarayonidagi kerakli asboblarni bilish; avtomobillarni ta`mirlash jarayonida ehtiyot qisimlari haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lish (qayta yig`ish uchun); texnika xavfizligi, mehnat muhofazasi va sanitariya qoidalarini bilish va qat`iy rioya etish.
    Kasbiy muhim sifatlar: Uzoq muddat bilan ishlashga chidamlilik; yuqori darajadagi e`tiborlik; texnik jihozlarni ishlata olish; yuqori darajadagi xotira (ehtiyot qisimlar bilan ishlash uchun); jismoniy kuchli va chidamlilik; qo`l matorikasining rivojlanganligi; harakatchanglik; konstruktorlik ko`nikmasi; mantiqiy fikirlash.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116




    Download 0,55 Mb.