|
Tibbiy monelik (cheklovlar)
|
bet | 102/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Tibbiy monelik (cheklovlar): Turli moddalarga allergik kasalliklar; bo`g`im kasalliklari; rangni ajrata olmaslik; hid sezmaslik; ko`rishning pastligi; asab va ruhiy kasalliklar; umurtqa pog`onasi kasalliklari.
Ishlashi mumkin bo`lgan joylar: Kasbni egallash kichik mutaxasislarturli sifat, sertifikatlashtirish va standartlashtirish agentlik va turli laboratoriyalardatexnik yoki laborant sifatida mehnat faoliyatini olib borishlari mumkin bo`ladi.
KASBLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI
1. Agronom kasbi
Kasb haqida umumiy ma`lumot: Hududning ekologik va geografik holatini o`rganadi (hududning agro muhitiga mos qishloq xo`jalik maxsulotini yetishtirish uchun); qishloq xo`jalik maxsulotlarini yetishtiradi; o`simliklarni o`g`itlaydi va himoya qiladi; o`simliklarning o`sishi va rivojlanishini kuztib boradi; almashlab ekish talablariga amal qiladi.
Kasb tipi: Odam – Tabiat.
Bilim, ko`nikma, malaka: Kimyo,biologiya, tabiat muhofazasi, matematika fanlarini; agrotexnik tadbirlarni; o`simlikshunoslikni; bog`dorchlik va sabzavodchilikni; melioratsiyani; agrokimyoni; urug`chilikni; o`simliklarni himoya qilishni, mehnat muhofazasi qoidalarini; umumbiologiya intizomini.
Kasbiy muhim sifatlar: Yaxshi tahliliy qobiliyat; diqqat va xotiraning rivojlanganligi; tashkil etish qibiliyati; mehnat muhofazasi qoidalarini; umumiy biologiya va kimyoni; agrotexnik tadbirlarni; o`simlikshunoslikni; bog`dorchilik va sabzavodchilikni; melioratsiyani; agrokimyoni; urug`chilikni; o`simliklarni himoya qilishni; normallashtirilmagan ishlash sharoitiga tayyor bo`lish .
Shaxsiy fazilatlar: -tashabbuskorlik; -tezkorlik va jismoniy chidamlilik; -kuchki xotira; -kuzatuvchanlik; -taxliliy tafakkur; -emotsional chidamlilik; -mas`uliyatlilik; -o`z ustida ishlashning ustunligi.
Ishlash sharoiti: Tashqi (dala) sharoitida;ijtimoiy muloqot cheklanmagan; sabr-toqat, diqqat va kuchli xotira talab etadigan ish; ish tartibi-kunlik; yakka tartibdagi ish (ish hajmiga qarab) ish sharoitidagi,ob-havoning qandayligidan qat`iy nazar faoliyat.
|
| |