|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 100/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Qiziqish – shaxsning muayyan narsa va hodisaga yega bo‘lishga, bilishga faol va barqaror yo‘nalishidan iborat individual xislati yoki faoliyat motivi.
Hasadgo‘ylik – o‘zga shaxslarning mavqei qobiliyati, iste’dodi, faoliyatidagi yutuqlari, mulki kabilarga nisbatan g‘arazgo‘ylik munosabatida ifodalanadigan salbiy xarakter xislat.
Qat’iylik – xarakterning o‘z vaqtida asosli va qat’iy qarorlar qabul qila olish va ularni ikkilanmasdan ijro yetishga kirishishdan iborat irodaviy xislati.
Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlari yig‘indisi.
ILOVALAR
AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN USLUBIY KO’RSATMA
KASBLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI
(professiogpamma)
Texnik-geolog kasbi
Kasb haqida umumiy ma`lumot: Dala geologiyasida qidiruv ishlarini olib boradi. Geografik-ma`muriy va iqtisodiy sharoitni o`rganadi. Mashru o`lchamlarini belgilaydi, ularni to`liq o`rganish uchun amaliy tajribalar o`tqazdi. Ish uchastkasining gedro geologik xususiyatlarini aniqlab xaritaga tushuradi.
Kasb tipi: Odam – Tabiat
Bilim, ko`nikma, malaka: Geografiya, chizmachilik, fizika, matematika fanlarini; o`rganilayotgan hudud geologiyasi haqida dala ishlarini tashkil etish va bajarish; geologik vazifalarni bajarishda ishtirok etish; foydali qazilmalar hisobini yuritish; geologik asbob-uskunalar bilan ishlashni bilish; o`rganilayotgan hudud haqida ma`lumot yig`a olish.
Kasbiy muhim sifatlar: Yaxshi sog`liq, keng doirada fikirlash; matematik qobiliyat; tahliliy fikirlash; uzoq muddatli hotira; mustaqil fikirlash; turli ob-havo sharoitida va turli joylarsa uzoq muddat jismoniy va ruhiy stress bardoshlik qobiliyati; yuqori darajali diqqatning mavjudligi; normalashilmagan ish sharoitida ishlay olish.
Shaxsiy fazilatlar: chidamliylik;
kuchli va tezkor xotiraga ega bo`lish; tartiblilik; tezkorlik; kuzatuvchanlik.
|
| |