|
Faoliyatni optimallashtirish
|
bet | 99/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Faoliyatni optimallashtirish – mehnat qilish o‘qish uchun yeng qulay sharoitlar, psixologik imkoniyatlar yaratish yo‘li bilan muayyan faoliyatning samaradorligini orttirish.
Flegmatik temperament – sekin kuchsiz va barqaror yemotsional qo‘zg‘aluvchanlik bilan tavsiflanadigan individual xususiyat.
Xarakter xislati – ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topgan shaxsning xatti-harakatlarida muntazam uchraydigan doimiy xususiyat va sifatlar yig‘indisi.
Xalollik – shaxsning o‘z burchi va ye’tiqodlariga nisbatan sadoqatida atrofdagi borliqqa hamda kishilarga vijdonan munosabatda bo‘lishida ifodalanadigan axloqiy sifati.
Xulq – inson hamda hayvonlarning tashqi muhitga bo‘lgan munosabatini va ichki psixik hayotini ifodalovchi xatti-harakatlar tizimi.
Xarakterning ijobiy xislatlari- shaxsning jamiyat ahloq normalari doirasidagi doimiy ijobiy xususiyatlari.
Xayrixohlik – shaxs kechirayotgan muayyan ruhiy holatining ifodali harakatlar orqali boshqa kishilarga ham o‘tib, ularda shunga mos yemotsional kechinmalarini hosil qilishdan iborat ruhiy hodisa.
Shaxsiy tajriba – har bir individning yoki shaxsning turmush jarayonida hosil qilgan tajribasi.
Shuhratparastlik – arzon obro‘-ye’tibor qozonishga jon jahdi bilan intilishdan iborat juda past xarakter xislati.
Ehtiyoj – organizmning hayotini ta’minlovchi zarur sharoitlarni aks yettirishdan iborat faoliyati.
Ehtiros – muayyan faoliyat turiga kuchli intilish bilan bog‘liq bo‘lgan davomli va barqaror yemotsional holat.
Egoizm – o‘z shaxsiy manfaatlarini jamiyat, jamoa manfaatlaridan yuqori qo‘yishga kuchli intilishda ifodalanadigan salbiy xarakter xislati.
Ekstroversiya – shaxsning tevarak-atrofdagi odamlarga tashqi hodisalarga yo‘nalishi.
O‘qituvchi – oliy o‘rta maxsus yoki umumiy ta’lim maktablarining biror o‘quv fanidan dars beruvchi kadr.
Qunt – muayyan faoliyat turini tirshqoqlik, serxafsalalik va ishtiyoq bilan bajarishda ifodalanadigan ijobiy irodaviy sifat va xarakter xislati.
Quvnoqlik – shaxsning atrofidagi kishilarga nisbatan ijobiy munosabatida ifodalanadigan ijobiy-optimistik kayfiyatidan iborat yemotsional holati yoki xarakter xislati.
|
| |