|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 95/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Motivlar kurashi – shaxsning oldida bir yemas bir qancha maqsadlar mavjud bo‘lgan taqdirda ulardan yeng muhimini tanlab olish jarayonida ro‘y beradigan ikkilanishdan iborat holat.
Muhandislik psixologiyasi – psixologiyaning texnika moslamalari bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirni tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.
Malakalarning regressi – ma’lum bir faoliyat sohasida hosil qilingan malakalarning biror sababga ko‘ra, ko‘p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida asta-sekin so‘nishidan iborat qonun.
Mutaxassis – shaxsning muayyan kasbga nisbatan yaroqlilik darajasi, tayyorgarlik saviyasi, muayyan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlay olish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi.
Mutaxassislik tavsifnomasi – muayyan kasb yoki mutaxassis ishchilari mehnatining mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan ishlab chiqarish talablarining bayoni.
Mutaxassislik sinovlari – o‘quvchilar ishlab chiqarish ta’limining to‘liq nazariy va amaliy kursini tamomlagandan keyin, ularning kasb bo‘yicha olgan bilim va malakalarini tekshirish ularga ta’rif ixtisos darajasini berish uchun o‘tkaziladigan tadbir.
Mutaxassislik imtixonlari – mutaxassis sinovlarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish ta’lim natijasida o‘quvchilarning olgan maxsus nazariy bilimlarini tekshirish uchun o‘tkaziladi.
Mehnat psixologiyasi – psixologiyaning mehnat faoliyatining psixologik muammolarini o‘rganuvchi sohasi.
Mehnat madaniyati – mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga doir bilimlar, malakalar va odatlar tizimidan iborat individual xislat.
Malakalarning ko‘chishi – muayyan faoliyat sohasida hosil qilingan malakalarning yangi malakalar hosil qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat qonuniyat.
Mustaqillik – shaxsning muayyan aqliy, axloqiy yoki amaliy masalalarni hal qilishida ayniqsa murakkab vaziyatni baholash va maqsadga muvofiq yo‘lni tanlashda o‘zining mustaqil fikrlari, tamoyillari hamda ye’tiqodiga yega bo‘lishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
|
| |