• Simpatiya
  • Temperament
  • Toliqish
  • Uyatchanlik
  • Pedagogika va psixologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet98/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Sangvinik temperament- shaxsning tez kuchli, lekin beqaror yemotsional qo‘zg‘aluvchanligi va psixik jarayonlari bilan sifatlanadigan individual xususiyati.
    Samimiylik – atrofdagi kishilar bilan munosabatda sofdillik vijdonlilik tariqasida ifodalanadigan shaxsiy sifat.
    Simpatiya – biror narsaga yoki shaxsga nisbatan ichki moyillik ishonchdan iborat yemotsional holat.
    So‘rovnoma metodi – muayyan ruhiy hodisani o‘rganish maqsadida tuzilgan savollarga yozma ravishda tegishli javoblar olinadi.
    Suhbat metodi – psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlaridan biri bo‘lib, tekshiruvchi va teshiriluvchi o‘rtasidagi savol-javob tariqasida ro‘y beradi.
    Sub’ekt – ob’ektiv dunyoni biluvchi uni o‘zining yehtiyoj va qiziqishlariga moslab o‘zgartiruvchi odam, ongli mavjudot.
    Talant – muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat, turmush jarayonidan tarkib topgan individual xususiyat.
    Temperament – shaxsning yemotsional qo‘zg‘aluvchanligi va harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig‘indisi.
    Talabchanlik – shaxsning o‘z-o‘zining va o‘zgalarning hulqini muayyan ob’ektiv tamoyillarga bo‘ysundira olishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
    Toliqish – organizmning jismoniy va aqliy zo‘riqish, salbiy yemotsiyalar ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan hamda ish qobiliyatining pasayishi bilan sifatlanadigan holati.
    Tantiqlik – arzimagan narsalarga ham injiqlik qilaverishdan iborat salbiy xarakter xislati.
    Tajriba -keng ma’noda kishilarning tashqi dunyo bilan o‘zaro munosabatida amaliy, ayniqsa, moddiy ishlab chiqarish jarayonida to‘plangan ijtimoiy amaliyotning butun yig‘indisi.
    Uyatchanlik – asossiz tortinchoqlikda ifodalanadigan xarakter xislati.
    Unumli mehnat – bevosita moddiy boylik ishlab chiqarishga qaratilgan mehnat.
    Faoliyat – inson hayoti uning voqelikka nisbatan faol munosabatning ro‘yobga chiqish shakli.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116




    Download 0,55 Mb.