|
Malakalarning rivojlanishi
|
bet | 94/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Malakalarning rivojlanishi – muayyan faoliyat sohasiga doir malakalarning kundalik amaliyotda ko‘p qo‘llanilishi natijasida tobora o‘sib, mukammalashib borishdan iborat qonuniyat.
Matonatlilik – shaxsning muayyan maqsadni amalga oshirish yo‘lida uchraydigan har qanday ob’ektiv hamda sub’ektiv qiyinchiliklarga bardosh berib, ularni yengib chiqishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Motiv – odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
Motivatsiya – shaxsning nima uchun ma’lum vaqtda boshqa fikr va harakatlarni yemas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilganligini asoslab berishi tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operatsiya.
Mehnat – tarixan tarkib topgan maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan boylik yaratishga qaratilgan ongli faoliyat turi.
Mehnat terapiyasi – mehnat jarayonlaridan davolash maqsadlarida foydalanadigan fan tarmog‘i.
Mehnat tarbiyasi – yosh avlodni mehnatga nisbatan ongli munosabati – mehnasevarlik ruhida har qanday jamoat, ijtimoiy foydali mehnat turini bajarishga psixologik jihatdan tayyorlashdan tarkibiy qismi.
Mehnat ta’limi – politexnik ta’lim va mehnat tarbiyasining yosh avloddan mehnatga, ijtimoiy hayotning ma’lum bir sohaga doir bilim, ko‘nikma, malaka va odatlarni tarkib toptirish rivojlantirishdan iborat turi.
Mehnat malakalari – mehnat faoliyatining ma’lum bir sohasiga doir avtomatlashgan mustahkamlangan harakatlar.
Mehnasevarlik – mehnatni xurmatlash uning har qanday turini bajarishga doim tayyor turishdan iborat xarakter xislati.
Mehnat qobiliyati – shaxsning muayyan mehnat turini muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlash uchun zrur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksional imkoniyatlari yig‘indisi.
Mahorat – muayyan foliyat sohasida mustahkam bilimlarga yuqori darajada uddlash qobiliyati va malakalarga yega bo‘lishdan iborat shaxsiy sifat bo‘lib, ishini yuksak va miqdor ko‘rsatkichlr bilan tez bajarishdan iborat ixtisos darajasi.
Mashq – ma’lum bir aqliy yoki jismoniy harakatlarni ularni puxta yegallash va sifatini yaxshilash maqsadida ongli ravishda bir necha bor qayta bajarishdan iborat takrorlash jarayoni.
|
| |