• Aqliy ish qobiliyati
  • Bilishga qiziqish
  • Diqqatsizlik
  • Intizomlilik
  • Pedagogika va psixologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet90/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Jami:

    60


    IV. GLOSSARY


    Amaliy faoliyat – insoniyatning ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida tabiatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati.
    Aqliy ish qobiliyati – aqliy mehnatning biror turini bajarish uchun zarur bo‘lgan jismoniy va psixik funksional imkoniyatlar yig‘indisi.
    Aqliy charchash – nerv tizimining potensial yenergiyasining haddan tashqari ko‘p sarflanishi natijasida aqliy ish qobiliyatini pasayishi.
    Bilishga qiziqish – shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarni ularning sifat hamda xususiyatlarini, o‘zaro munosabatlarini mohiyatini, shuningdek turli qonuniyatlarini bilib olishga nisbatan doimiy barqaror yo‘nalishidan iborat individual xususiyati.
    Bilish yehtiyojlari – bilimlarni yoki fan asoslarini o‘zlashtirishga nisbatan qondirilmagan muhtojlikni sezishdan iborat faoliyat motivi.
    Bilim – shaxsning bilish faoliyati mahsuli, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalari haqidagi to‘g‘ri tasavvur hamda tushunchalar tizimidan iborat ong mazmuni.
    Diqqatsizlik – diqqatni muayyan ob’ektga yo‘naltira va to‘play olmaslik.
    Jasurlik – shaxsiy hayot uchun xavf-xatarli bo‘lgan harakatlarni qat’iylik bilan va oqilona bajarishda ifodalanadigan xarakter xislati.
    Zehn – shaxsning maxsus qobiliyatlarining tarkib topishi va rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan anatomik-fiziologik imkoniyatlari tug‘ma iste’dod nishonalari.
    Zehn o‘tkirlik – yangi yoki murakkab nazariy hamda amaliy masalalarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini tez topa olishdan iborat aql sifati.
    Intizomlilik – muayyan jamoaning barcha a’zolari uchun majbur bo‘lgan qat’iy tartib va xulq-atvor qoidalariga tizimli ravishda rioya qilishdan iborat bo‘lgan ijobiy xarakter xislati.
    Individualizm – shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlaridan yuqori qo‘yish, faqat o‘zining tor manfaatlarini ko‘zlab ish tutishda ifodalanadigan salbiy xarakter xislati.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika va psixologiya

    Download 0,55 Mb.