|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 88/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 14-SEMINAR
Mavzu: Muhandislik faoliyatida qaror qabul qilish (2 soat)
Reja:
Qaror qabul qilishning psixologik jihatlari.
Qaror qabul qilish jarayoni.
Qaror qabul qilish bosqichlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, klaster, o‘z-o‘zini nazorat
15-SEMINAR
Mavzu: Muhandislik faoliyatida qaror qabul qilish (2 soat)
Reja:
Qaror qabul qilish usullari.
Pertseptiv-tanib olish darajasida qaror qabul qilish.
Nutq-fikrlash darajada qaror qabul qilishning xususiyatlari.
Operator xatolari.
III. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR
“Muhandislik psixologiyasi” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, berilgan topshiriqni bajaradilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan topshiriq, savollarga javob beradilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib kanspekt tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha tahlil qiladi, baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning dars mashg`ulotlarida olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi professor-o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza dars mashg`ulotlarini olib boruvchi professor-o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Muhandislik psixologiyasi” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 13 ta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.
|
| |