• Industrial psixologiyasi
  • Ixtisoslashgan mehnat
  • Ijtimoiy malakalar
  • Itoatgo‘ylik
  • Pedagogika va psixologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet91/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Individuallik – har bir tirik mavjudotning uni shu turdagi boshqa mavjudotlardan farqlantiruvchi xususiyatlari yig‘indisi.
    Individual xususiyatlar – ma’lum bir shaxsning faqat o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari.
    Individual tajriba – har bir shaxsning o‘z hayoti davomida orttirgan tajribasi.
    Individual munosabat – har bir shaxsning aqliy madaniy va bilim darajasini yoshlik hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda muomala-munosabatda bo‘lish.
    Industrial psixologiyasi – mehnat psixologiyasining psixologik omillarning sanoatdagi rolini o‘rganuvchi, psixologiyaning qonuniyatlariga asoslanib, mehnat unumdorligini oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.
    Inertlik – faoliyatda sustkashlik ko‘rsatishdan iborat salbiy xarakter xislati.
    Introversiya – shaxsning o‘z fikrlari, sezgilari, kechinmalari va his-tuyg‘ulariga tayanish.
    Ixtisoslashgan mehnat – muayyan kasbga doir maxsus bilimlar ko‘nikmalar, malaka va madaniy odatlarning tarkib topishi hamda rivojlanishini talab qiladigan mehnat.
    Intizomsizlik – jamoat joylari mehnat o‘qish yoki oila jamoasining tartib qoidalariga tizimli ravishda rioya qilmaslik yoki ularni buzishdan iborat salbiy xarakter xislati.
    Ijtimoiy malakalar – ijtimoiy hayotda faol ishtirok yetish va jamoa orasida o‘zini tuta bilish malakalari.
    Iste’dod – inson qobiliyatlari taraqqiyotining yeng yuksak darajasini ta’minlovchi tug‘ma tabiiy imkoniyatlar yig‘indisi.
    Ish usullarini tasvirlash – mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarida alohida ish usullari yoki malakalarni ularning bajarilish tartibi bo‘yicha tasvirlashdan iborat tekshirish metodi.
    Itoatgo‘ylik – o‘zidan kattalarga bo‘ysunish yoki ularning izidan chiqmaslikdan iborat ijobiy xarakter xislati yoki odat.
    Ixtiyoriy harakatlar – impulsiv va avtomatlashgan harakatlardan farq qilib, maqsadga muvofiq ravishda bajariladigan ongli harakatlar.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116




    Download 0,55 Mb.