• Kasbga tegishli ma’lumot
  • Kasbga qiziqishlar
  • Kasbiy xotira
  • Metod
  • Pedagogika va psixologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet93/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Kasbga layoqatlilik – shaxsning muayyan kasbga yaroqlilik darajasini ko‘rsatuvchi jismoniy va psixik sifatlar yig‘indisi.
    Kasbga xos diqqat – ma’lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natijasida shu kasbning talablari va ob’ektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi.
    Kasbga tegishli ma’lumot – mehnat faoliyatining ma’lum bir sohasi uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va odatlar tizimi.
    Kasbga xos zararliklar – mehnat va ishlab chiqarish sharoitlarining odam organizmi hamda ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar yig‘indisi.
    Kasbga qiziqishlar – shaxsning ma’lum bir kasbga nisbatan doimiy va barqaror motivlashtirilgan qiziqishidan iborat individual xususiyati.
    Kasbiy malakalar – ishlab chiqarish faoliyatining ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan xatti-harakatlar yig‘indisi.
    Kasbiy xotira – bevosita o‘z kasbiga doir narsa va hodisalarni fikr hissiyot, harakatlarni yesda qoldirish, mustahkamlash va yesga tushirishdan iborat xotira turi.
    Kasbga xos odatlar – ma’lum bir kasb vakillari uchun tipik hisoblangan odatlar.
    Kasbda ishlashni to‘g‘ri tanlash- shaxsni muayyan kasbda ishlash uchun qabul qilishda uning shu kasbning ob’ektiv xususiyatlariga to‘g‘ri keladigan jismoniy va psixik sifatlarini hisobga olish.
    Kasb – shaxsning jamiyat a’zosi sifatida yashash manbai bo‘lib xizmat qiladigan doimiy mashg‘ulot yoki faoliyat turi.
    Kasb psixologiyasi – mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim.
    Metod – tabiat hodisalarini tekshirish usuli, o‘rganilayotgan hodisalarga yondoshishda ilmiy bilishning va haqiqatni aniqlashning rejali yo‘li, harakat usuli va tartibi.
    Malaka – ongli faoliyatni ko‘p takrorlanishi yoki ko‘p mashqlar natijasida avtomatlashgan harakatlar tizimi.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   116




    Download 0,55 Mb.