15.3. Umumiy qoida
Qaror qabul qilish jarayoni va boshqaruv qarorlarining o‘ziga xosliklari masalasi, rus psixologiyasida boshqaruv psixologiyasi fani yutuqlari bilan keng tadqiq etilgan. Shu bois, bunday holatlar biz uchun, o‘rganilayotgan muammo yuzasidan eng ilg‘or yondoshuv va konsepsiyalarni ajratib olishga keng imkon berdi. Mamlakatimiz olimlari ham bu borada o‘ziga xos maktablar yaratgan bo‘lib, unda asosiy masala rahbar shaxs va uning boshqaruvdagi imkoniyatlari, rahbar shaxsining kabiy, shaxslilik sifatlari, zamonaviy rahbar imijini shakllantirish, boshqaruv faoliyatining akmeologik jihatlari kabilarga ko‘proq qaratilgan. Bundan tashqari, qaror qabul qilish jarayonida shaxsning irodaviy sifatlari, hissiy sohasi, ijtimoiy intellekti, kasbiy motivatsiya darajasi, shaxsning innovatsion yetakchiligi kabi psixologik unsurlarning roli ham batafsil yoritilgan. Yuqorida amalga oshirilgan nazariy ma’lumotlarning tahlilidan kelib chiqib, mazkur bob yuzasidan quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin.
– Qaror qabul qilish – bu nafaqat biror bir ahamiyatga molik maqsadni amalga oshirish balki, taqdirni belgilash, natijani kutish, yangi imkoniyatlarni rejalashatirish yoki uni amalga oshirishni nazorat qilishdir;
– Qarorlar qabul qilish jarayoni – qator ijtimoiy fanlarning o‘rganish ob’ekti sanalib, unda ijtimoiy-psixologik, iqtisodiy, falsafiy, soitsiologik, pedagogik bilimlarning integratsiyasi yuz beradi;
– Qaror qabul qilish – ijtimoiy hodisa, kognitiv faoliyat natijasi, inson funksional faoliyatining mahsuli, samarali boshqaruv faoliyati uchun xos bo‘lgan metakognitiv jarayon. Metakognitiv jarayon - oddiy vazifalar yoki vaziyatlar uchun emas, birgalikdagi ham hamkorlikdagi harakatlar uchun javobgardir.
II. SEMINAR MASHG’ULOTLARI MAZMUNI
1-SEMINAR
Mavzu: Muhandislik psixologiyasining predmeti, maqsadi va vazifalari, amaliy asoslari (2 soat).
Reja:
Muhandislik psixologiyasi fanining shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari.
Muhandislik psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Fanlar tizimida muhandislik psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi mutaxassislik fani haqida tushuncha va ilmiy tasavvur hosil qilish.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, klaster, o‘z-o‘zini nazorat.
|