15-MAVZU. MUHANDISLIK FAOLIYATIDA
QAROR QABUL QILISH
Reja:
15.1. Qaror qabul qilish haqida
15.2. Muhokama va qoidalar
15.3. Umumiy qoida
15.1. Qaror qabul qilish haqida
Mohiyatan, qarorlar kasbiy faoliyatning barcha sohalariga, funksiyalariga aloqador sanalib, uning sifatiga sezilarli ta’sir etuvchi muhim omillar masalasida ko‘plab zamonaviy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Qarorlar asosan, faoliyat sikli davomida qabul qilinib, u shaxsga tegishli fikrlash uslubi va zaruriy vaziyatlarga nisbatan munosabat bildirish holatidanamoyon bo‘ladi. Psixologik yondoshuvlarga muvofiq, qaror qabul qilish bir tomondan kognitiv, tartibga soluvchi, kommunikativ xarakterga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, shaxsning bior sohadagi keyingi harakatlari uchun asos bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik hodisa sanaladi. P.V.Terelyanskiyning aytishicha, qaror qabul qilish hodisasi - bu turli sharoitlarda qarorlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishning uzluksiz tizimidir. Ya’ni, biror dolzarb muammoni hal qilish bo‘yicha, ko‘plab harakatlar yo‘nalishlaridan birini tanlash jarayoni hisoblanadi 1 . Boshqaruv qarorlarining muhim ijtmoiy-psixologik xususiyati shundaki, ular favqulodda holat yuzaga kelganda, tizimning haqiqiy holati va kutilayotgan yangi holat o‘rtasidagi farqlarni baholashga keng imkon beradi.
V.V.Redkoga ko‘ra, inson tomonidan qabul qilingan turli qarorlar quyidagi funksiyalarni bajaradi2 : – Yo‘naltiruvchi ya’ni, tashkiliy qarorlar faoliyatning maqsad va vazifalarini belgilaydi; – Tashkil etuvchi va muvofiqlashtiruvchi, qarorlar ishtirokchilarning o‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi; – Ta’minlovchi, ya’ni qarorlarda ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarning turlari va miqdori ko‘rsatiladi. – Rag‘batlantiruvchi, ya’ni qarorlar ishtirokchilarni qanday mukofotlashni belgilovchi hodisa.
15.2. Muhokama va qoidalar
Ko‘p holatlarda, qarorlar ma’lum darajada xavf hissi bilan qabul qilinadi. Shu bois, tavakkal qilish ko‘nikmasi pastroq bo‘lgan shaxslarda, qarorlarni qabul qilish istagi uzoqroq kechadi hamda unga ketadigan vaqt ham shunga munosib ravishda bo‘ladi. Bundan tashqari, sohaga tegishli qarorlarni qabul qilishda, tajribali shaxslar qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash, kutilayotgan vaziyatlarni muhokama qilish, qarorlarni tanlash va ularni o‘z tajribasida ularni sinab ko‘rish kabi harakatlarni amalga oshiradi. Biroq, ayrim kishilar qarorlarini qabul qilishda ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. A.I.Orlov o‘zining “Boshqaruv qarorlarini qayta ishlash usullari va nazariyasi” monografiyasida, turli shaxslar tomonidan qaror qabul qilishda, yo‘l quyiladigan xatoliklar sababini quyidagilar bilan tavsiflaydi3 : – Qaror tayyorlashda vaqtning cheklanganligi; – Vazifaga oid ma’lumotning yetishmasligi; – Muammoni aniqlashda tajribaning yetarli emasligi va hokazo.
L.V.Pomitkinaning xulosalariga ko‘ra, taktik qarorlarini qabul qilish va ularni oqilona amalga oshirish mezonlari quyidagilarga asoslanadi7 : – Tashqi muhitdagi o‘zgarishlar va yangiliklar tez anglash; – Ilgari qabul qilingan qarorlarni o‘zgartirish hamda vaqtdan oqilona foydalana olish; – Ilmiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sirlaridan xabardor bo‘lish; – Turli sohalarda qabul qilingan qarorlar va ularning mohiyatidan xabardor bo‘lish, o‘z sohasiga oid aloqadorlik jihatlarini ko‘ra bilish; – Qarorlarni amalga oshirish oqibatlari, ularning ahamiyatlilik darajasini tushuna olish hamda boshqaruv istiqbollari oldindan ko‘ra olish va hokazo. Jamiyat sohalarida xizmat faoliyatini olib borayotgan har bir shaxs faqatgina, qaror qabul qilish malakalariga ega bo‘lib qolmasdan balki, berilayotgan vazifalar va kutilayotgan vaziyatlarni baholay olish, tashkilot istiqbollarini oldindan ko‘ra olish, xodimlarning imkoniyatlarini farqlay olish kabi qobiliyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim hisoblanadi.
S.R.Maddining tadqiqotlariga ko‘ra, biror sohadagi shaxslarning muvaffaqqiyati uchun muhim sanalgan, samarali qaror qabul jarayoniga quyidagilar xarakterli sanaladi:
– Kasbiy faoliyati sirlari va xodimlarning sifatlaridan to‘liq xabardorlik;
– Tashkiliy sifatlarga ega bo‘lish va yuqori motivatsiyaning mavjudligi;
– Yangiliklar va kutilmagan vaziyatlardan qo‘rqmaslik;
– Murakkab sharoitlada va ekstremal vaziyatlarda tavakkal qila olish, oxirgi vaziyatlarda qaror qabul qila olish tajribasiga ega bo‘lish;
– O‘z jamoadoshlariga ta’sir ko‘rsata olish yoki barchani yagona g‘oyaga ergashtira olish kompetensiyasi va hokazo. Bundan tashqari, tajribali insonning xatti-harakatlari, o‘z mazmunida uning aqliy imkoniyati va hayotiy tajribasini yaqqol ifodalaydi. Demak, har bir qabul qilingan qarorlarning mazmuni va uslubi, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, me’yorlar va an’analar, qonun va qoidalarga hamohang ravishda bo‘lishi lozim. Ammo, siyosiy va taktik qarorlarni qabul qilish har doim ham oson kechmaydi. Ya’ni kutilmagan ishtimoiy – psixologik vaziyatlar va stressli holatlarda, qaror qabul qilish jarayoni ancha qiyin kechadi. V.I.Varfolomyev hamda S.N.Vorobyovlarning so‘zlariga ko‘ra, agar kutilmagan qiyin vaziyatlarda ishlash tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, unda qaror qabul qilish oson kechadi, bunda shaxs faqat nazoratchi vazifasini bajaradi. Aksincha, tizim noto‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa, qaror qabul qilish qiyin kechadi va bu yerda insonning tashabbuskorligi ko‘proq rol o‘ynaydi. Shuning uchun, qaror qabul qilish uchun, insondan maxsus professional ko‘nikmalar zarur yoki yuqori qidiruvchanlik sifatlari talab etiladi.
Iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida biror shaxsni voqealar rivojining biror yechimi qoniqtirmasa ham, u tezkor qaror qabul qilishi lozim. Qabul qilingan qarorlarda uning kasbiy mahorati, intellektual sifatlari, intuitsiyasi darajasi, hayotiy tajribalari, qadriyatlari tizimi hamda irodaviy harakatlari ko‘rinishi kabilar yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy – psixologik yondoshuvlarga ko‘ra, uzoq muddatli qarorlarini tez va oqilona qabul qilish nafaqat bilim va ko‘nikmalarga balki, shaxsining ijtimoiypsixologik xususiyatlariga ham bog‘liq sanaladi. V.V.Kochetkovning ilmiy izlanishlarida, muvaffaqqiyatli shaxs sifatlarini tushuntiruvchi qator yondoshuvlar mavjud bo‘lib, ushbu yondoshuvlarni tahlil etish, sohaga oid qarorlarni samarali qabul qilishning ijtimoiy – psixologik shart-sharoitlarini tushuntirishga keng imkon beradi va unda quyidagi yondoshuvlar ajratiladi:
– Raqobatli yondashuv – mazkur yondoshuvga ko‘ra, yetakchi shaxs o‘zining maxsus, shaxsiy yoki umumiy xususiyatlari bilan boshqa odamlardan ajralib turadi.
Ushbu shaxsiy xususiyatlarni aniqlash esa, mazkur toifaga kirmaydigan bir guruh a’zolar va insonlarni hamda turli darajadagi muvaffaqiyatli va omadsiz kishilarni taqqoslash orqali amalga oshiriladi;
– Muhandislik-psixologik yondashuv – ushbu yondoshuvga ko‘ra, rahbar shaxsining muhim xususiyatlari boshqaruv faoliyatini tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonini tahlil etish bilan tushuntiriladi. Ya’ni bunda ma’muriyat tomonidan berilayotgan axborotlar va ularni rahbar tomonidan qay darajada bajarilishi e’tiborga olinadi;
– Refleksiv yondashuv – mazkur yondoshuvga binoan, zamonaviy yetakchi shaxs xususiyatlari o‘z o‘zini boshqarish, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi tuta bilish kabilar bilan tavsiflanib, u kasbiy faoliyatga xos stratetik qarorlarni qabul qila olish qobiliyati kabilar orqali tahlil etiladi;
– Ijtimoiy-psixologik yondashuv – ushbu yondoshuvga muvofiq zamonaviy rahbar shaxsining ta’rifi tashkilotchilik, muloqot qilishdagi ustunlik, o‘z qo‘l ostidagilarni boshqara olish, yetakchilik hamda ijtimoiy faollik sifatlari bilan tavsiflanadi.
– Vaziyatli - integratsion yondoshuv – ushbu yondoshuvga ko‘ra, yetakchi shaxsiga xos sifatlar va u tomonidan qabul qilingan samarador qarorlar turli xil boshqaruv vaziyatlari hamda hayotiy voqealar orqali ta’riflanadi. Ya’ni u turli vaziyatlarda qanday boshqaruvni amalga oshira oladi yoki uning topshiriqlarni bajara olishdagi imkoniyatlari kabilar bilan baholanadi. Bunda shaxs faoliyatini bir tomonlama baholash emas, har tomonlama baholash tavsiya etiladi.
Yuqoridagi yondoshuvlardan farqli o‘laroq, Y.M.Klimovaning aytishicha, qaror qabul qilish jarayonini tushuntiruvchi funksional yondashuv ham ajratilib, unda muvaffaqqiyatli shaxs faoliyatini va fikrlash jarayonini baholashning uch muhim jihat hisobga olinadi. Ya’ni:
– Kasbiy faoliyatining rejali tashkil etilganlik holati;
– Kasbga xos bo‘lgan shaxsning muhim ijtimoiy-psixologik xususiyatlari majmui va boshqalar;
– Shaxsining dinamik-funksional tuzilishi va uning psixofiziologik tarkibiy tuzilmalari, rahbarning kognitiv jarayonlari, motivatsion sohasi, hissiy-ixtiyoriy va intellektual harakatlari, temperament, xarakter, qobiliyat va qiziqishlari va hokazo.
A.V.Karpovning ta’kidicha, qaror qabul qilish jarayoni shaxsning ko‘p qirrali faoliyati hisoblanib, u ko‘proq rijtimoiy mavqe’ bilan belgilanadi. Shuningdek, ko‘p holatlarda faoliyatda qabul qilingan strategik qarorlar va uni amalga oshirishning istiqbollari, rahbarning bilim va ko‘nikmalari, ish jarayoniga xos bo‘lgan muhim psixologik kompetensiyalari orqali baholanadi. Demak, qaror qabul qilishning samaradorlik jihatlarini o‘rganishda, funksional yondoshuvning mazmuni ko‘proq ahamiyat kasb etib, unda shaxsning mafkuraviy va siyosiy sifatlari, qaror qabul qilish va tanlovni amalga oshirishining o‘ziga xosliklari, tashkiliy va innovatsion qobiliyatlari ko‘proq e’tiborga olinadi
T.A.Indina o‘z izlanishlarida qayd etishicha, barcha turdagi qarorlar nafaqat biror kasb egasining shaxsining imkoniyatlarini belgilaydi balki, u ish jarayonidagi voqe’alarning rivojlanishiga keng ta’sir etadi shuningdek, boshqalarning ob’ektiv imkoniyatlari va sub’ektiv holatlari haqida ham ma’lumot berishga keng imkon beradi16. Mazkur qarashlardan shuni anglash mumkinki, qarorlar nafaqat yetakchi shaxs qadriyatlari uchun balki, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi barcha jihatlar uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-psixologik hodisadir. Qaror qabul qilish jarayoni ko‘proq, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy xarakterga ega bo‘lganligi bois, uni tushuntirishning zamonaviy konsepsiyalari va ilg‘or nazariyalari ijtimoiy-psixologiya sohasiga tegishli tadqiqotlarda ham ko‘proq uchraydi. Quyida zamonaviy ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda inson qaror qabul qilishining psixologik shart-sharoitlari, qaror qabul qilish samaradorligiga xizmat qiluvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar va o‘ziga xosliklar masalasiga to‘htalib o‘tishga harakat qilamiz. Rossiyalik olim, ijtimoiy-psixologiya sohasida yetakchi mutaxassis sanalgan T.Y.Bazarovning yozishicha, qaror qabul qilish jarayoni murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sanalaib, unda rahbar shaxsining barcha yutuq va kamchiliklari aniq namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, rahbar har bir imkoniyatlarni tanlash jarayoni uchun javobgar shaxsdir. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida rahbarning o‘zini tutishi, noaniqlik sharoitlardagi say-harakatlari, professional xususiyatlari, o‘z faoliyatiga bo‘lgan munosabati, kasbiy motivatsiya darajalari kabilar qay darajada rivojlanganligi o‘z aksini topadi. Mazkur g‘oyaga ko‘ra, boshqaruv jarayoni uchun ko‘proq rahbar javobgar shaxsdir, ya’ni u qabul qilgan qarorlar yo muvaffaqqityaga yoki muvaffaqqiyatsizlikka olib borishi ta’kidlangan.
|