Pedagogika va psixologiya




Download 0,55 Mb.
bet79/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

13.3. Striming haqida

Strim (inglizcha: “stream” – “oqim”) – foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni uzatish orqali olingan video yoki audio ketma-ketligida qabul qilingan ma’lumot, axborotdir. Shuningdek, ushbu atama internet foydalanuvchilari tomonidan videoxostingda jonli efir uchun tushuncha sifatida ishlatiladi. Striming (stream) – masofaviy o‘qitish paytida internetdagi zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda audio raqamli ma’lumotni shaxsiy raqamli qurilma va veb-kameraning ekranida tayyorlash, translyatsiya qilish va saqlash usullari majmui tushuniladi


Tadqiqot mavzusidan kelib chiqib, ta’lim jarayonida strim texnologiyalaridan foydalanishning xorijiy pedagogik tajribasi tahlil qilindi. Tahlillardan ayon bo‘lishicha, chet ellik tadqiqotchilar internet ma’lumotlar oqimida ommaviy axborot vositalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va ularning o‘qitish nazariyasi va amaliyotiga ta’siri masalalarini o‘rganishganligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, ularning izlanishlarida mavjud ta’lim mazmunidan foydalanish usullari hamda mustaqil ommaviy axborot vositalarini yaratish yondashuvlari ko‘rsatilgan. Xorij adabiyotlarida strim texnologiyasidan ta’lim jarayonida foydalanish 2000-yillarning boshidan boshlab faol muhokama qilinmoqda. Ta’limdagi ommaviy USULLARI: bir necha bosqichlarda translyatsiyani tayyorlash; efirga uzatish; saqlash TA’LIM FAOLIYATI: sinxron onlayn rejimida ma’ruzalar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, konsultatsiyalar o‘tkazish, asinxron o‘zgarish (oflayn rejim). Ko‘p hollarda masofaviy o‘qitish uchun AKT-fanlaridan foydalaniladi. 36 axborot vositalari va ularning o‘qitish nazariyasi va amaliyotiga ta’siri masalalari 2005-yilda Yevropa Ta’lim Komissiyasi ko‘magi bilan tayyorlangan eng yaxshi namunalar va natijalarning dastlabki kuzatuvlari tahlillarida: “o‘quv jarayonida strim vositalaridan foydalanish usullari”ning quyidagi tasnifi taqdim etiladi: mavjud videodan foydalanish: qisqa video yozuvlarni saralash; uzluksiz video strim (hujjatli, o‘quv va b.); pedagogik jihatdan qimmatli strim vositalarini izlash; ta’lim manbalariga ega bo‘lgan onlayn media-kutubxonalarga kirish; mustaqil ommaviy axborot vositalarini yaratish (o‘qituvchi va tahsil oluvchilar tomonidan); ma’lum bir mavzuni grafik namoyish qilish va videomaterial yaratish; auditoriyadan tashqari tadbirlarning taqdimoti va oqim videosini yaratish; qisqa videoklip taqdimoti; videolarni tahrirlash va qayta ishlash orqali qisqa videoroliklar yaratish; pedagogik maqsadlar uchun uzoqroq oqim videolarini yaratish; “virtual media kutubxonasi”ni video yozuvlar bilan to‘ldirish (o‘qituvchi va talabalar birgalikda o‘z resurslaridan foydalanadilar).
Striming texnologiyalari asosida talabalarning o‘quv-biluv faoliyati bilim, malaka, ko‘nikma, kompetensiyalarni egallash jarayoni bo‘lib, yangi kadrlarni yetishtirishga yo‘naltirilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy tadbirlar yig‘indisidir
Raqamli texnologiyalarning rivoji zamirida striming texnologiyalari internetdan olingan ma’lumotni yozib olish, saqlash, ularni tahrirlash, yana qaytarib translyatsiya qilish imkonini beradi. Talabalarda sensomotorikani rivojlantirishda striming texnologiyalari ularning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Striming translyatsiyasini real vaqt rejimida o‘tkazish, ishtirokchilar orasida guruh suhbati rejimida muloqot qilish mumkin. Striming translyatsiyasi tugashi bilan avtomatik ravishda tayyor skrinshot yaratiladi, uni tahrirlash mumkin (sharhlar qo‘shish, keraksiz lahzalarni olib tashlash va b.) va uni onlayn o‘quv kursi materiallariga qayta yuklash mumkin.
Strimingni sohamizga tadbiq etishga oid misollar. Korxona, zavod yoki korxonada ma’lum bir kasb egasi “body camera” taqib oladi. U ish protsesini amaliy tarzda bajarib, nazariy ma’lumotlar bilan ulashadi. Buning eng katta Afzal jihatlaridan biri, talaba muhitni, ish protsesini, nazariy ilmlarining amaliy tadbiqini “live streaming” orqali tomosha qiladi va ko’nikma hosil qiladi.



Download 0,55 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116




Download 0,55 Mb.