Mehnat xavfsizligiga erishish yo’llari




Download 0,55 Mb.
bet76/116
Sana25.11.2023
Hajmi0,55 Mb.
#105241
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116
Bog'liq
18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

12.5. Mehnat xavfsizligiga erishish yo’llari

Mehnat xavfsizligining eng muhim vazifasi xavf haqida ogohlantirish hamda u bilan birga sodir bo’luvchi, alohida tashqi shart-sharoitlar (qanday vazifalarda, harakatlarda, amallarda, ishning qaysi soatlarida, hafta va oyning qaysi kunlarida baxtsiz hodisalarga olib keluvchi xatolarning ehtimoli katta bo’lishi) haqida ogohlantirishdir.


Ushbu vazifani bajarishning eng oddiy vositalari sifatida 123 uskunalar elementlarini ajralib turuvchi ranglarga bo’yalishi, aynan xavfli zonalardagi ish joylarida osib qo’yiluvchi plakatlar, ogohlantirishlardan foydalaniladi. Ushbu vazifani samarali hal etish usuli bo’lib, L. Shlezinger (1971) tomonidan taklif etilgan “dastlabki shart-sharoitlarni dolzarblashtirish” xizmat qilishi mumkin. Ushbu metod, baxtsiz hodisa bilan tugamagan, xavfli vaziyatlarni paydo bo’lishiga olib kelgan shart-sharoitlarni topishga mo’ljallangan. Agar qayd etilgan baxtsiz hodisalarning shart-sharoitlari odatda har tomonlama o’rganilsa, ular asosida tegishli hulosalar chiqariladi, lekin og’ir oqibatlarga olib kelmagan xavfli vaziyatlar esa, ko’pincha o’rganilmay qolib ketadi. Ushbu vaziyatlarga tushgan xodimlar rahbarlarning jarima solishlari, hamkasblar orasida obro’ni yo’qotish va h.k.lardan xavotir olib, lom-mim demaslikka moyil bo’ladilar.
Mehnat motivlarining tuzilish strukturasini hisobga olganda, uning xavfsizligini oshirish faqat jazolash va qo’rqitish bilan amalga oshirilmay, balki xavfsiz mehnat qilishni moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirish yo’lida olib borilishi kerak.
Shuningdek, mehnat xavfsizligi vazifasini bajarishning amaliy kor qiluvchi vositasi bo’lib “xavfli nuqta (joy)”lar haqidagi ogohlantirishlar xizmat qilishi mumkin. Xavfli nuqtalar deganda:
― ob-havo sharoitlari (sanoatdagi baxtsiz hodisalarning yarmiga yaqini va transportdagi uchdan bir qismidan ko’pi plyus-minus to’rt soat bilan ob-havo frontlari o’tish vaqtiga to’g’ri keladi);
― koinot hodisalari ( Oy fazalari, Quyoshning faolligi);
― ijtimoiy ritmlar ( ish haqining berilishi kuni, o’zgargan ish haftasi va h.k.) nazarda tutiladi.
Masalan, 2007-yil 28-iyul kuni ( shanba, oyning to’rtinchi haftasi) N. shahridagi HHK (Harbiy havo kuchlari) diviziyasida sakrash mashqlari vaqtida ikkita desantchi 100-150 metr balandlikda o’zaro to’qnashib ketishgan. Bunday hodisa deviziyada 15 yildan beri bo’lmagan ekan. Desantchilarning ikkalasi ham ‒ kontraktchi-serjantlar, ya’ni tajribali professionallar. Sakrash joyiga shoshilib kelayotgan “tez yordam” mashinasi, askarni urib yuborgan.
Odamlarni yangi ob-havo sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashishlari, ularning kasbiy salomatliklari, mehnatning xavfsiligi ba’zan tana tuzilishi tipi, ya’ni ‒ uchta asosiy belgilarning o’zaro birikmasidir.
Ushbu belgilar: tananing bo’ylama o’lchamlari, ustun tipi ‒ modda almashinuvi va ta’sirga javob qaytarish ko’rinishidan iborat.
Yillar davomida ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini tashkil etish yo’nalishda qilingan ko’plab izlanishlar, o’tkazilgan chora-tadbirlar o’z samarasini ko’rsatdi. Ish joylarida ishchi, xodimlarning sog’lig’iga putur yetkazuvchi har xil hodisalar soni keskin kamaya boshladi. Shunda ham agar biror korxonada qandaydir noxush hodisa ro’y bersa, mehnat xavfsizligi xodimlari ushbu muammoni darrov aniqlashga, unda yo’l qo’yilgan xatolarni sababini izlashga, uni to’g’rilash, keyinchalik bunday hodisa ro’y bermasligi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqadilar.
Ushbu tadbirlar umumiylashtirilgan holda “Mehnat muhofazasi” degan nom bilan ataladi. Mehnat muhofazasi haqida asosiy tushunchalar quyidagilardan iboratdir:
• Mehnat muhofazasi – ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini va xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan qonunlar majmuasi, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik va profilaktik tadbirlar va vositalaridir.
• Mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ishlovchilarga ta’sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan choratadbirlarni ishlab chiqish, ishchining shikastlanishi oldini olish, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat.
«Mehnat muhofazasi» kursi 4 bo’limdan iborat:
➢ 1.Mehnat qonunchiligi asoslari - huquqiy me’yorlar majmuasi bo’lib, ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlarini boshqarib turadi.
➢ 2. Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta’sirini oldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalar majmuasidir.
➢ 3. Texnika xavfsizligi – ishchilarni xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siridan asrab qolish va zaharlanuviga olib keluvchi tadbirlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar va texnika vositalaridir.
➢ 4. Yongin xavfsizligi – korxonada yong’in paydo bo’lish xavfini oldini olish, insonning moddiy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat.
Masalan, mehnat muhofazasiga doir qonunlarda yoshlar va ayollarda xavfsiz faoliyat uslubini shakllantirish bo’yicha quyidagicha ko’rsatmalar berilgan:
◼ 16 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’spirinlar uchun bir ish haftasidagi ish soati 36 soat, 15-16 yoshda esa 24 soatgacha qisqartirilgan. O’quv yili mobaynida ishlaydigan o’quvchilar uchun, 14 dan 16 yoshgacha bo’lganlarga 2 soat, 16 dan 18 yoshgacha bo’lganlarga 3 soat ish soati belgilangan (242-modda). 18 yoshga to’lmagan o’smirlarni ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishlarga jalb qilish mumkin emas (245-modda). 16-18 yoshdagi o’spirinlar uchun tashiydigan va siljitadigan yukning og’irligi o’g’il bolalar uchun 13 kg, qizlar uchun 7 kg dan ortiq bo’lmasligi kerak. O’smirlar uchun uzluksiz tashiydigan va siljitadigan yukning miqdori 4,1 kg dan ko’p bo’lmasligi lozim, 14-15 yoshdagi o’smirlar uchun esa me’yor 2 martagacha kamaytiriladi (San K va M N 0052-96).
◼ O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarga kamida o’ttiz kalendar kundan iborat yillik ta’til beriladi va ular bu ta’tildan yoz vaqtida yoki yilning o’zlari uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtida foydalanishlari mumkin. Basharti ta’til berilayotgan yil xodim o’n sakkiz yoshga to’lgunga qadar va to’lgandan keyingi davrlarni o’z ichiga olsa, ta’tilning muddati o’n sakkiz yoshga to’lgandan keyingi ish staji uchun esa umumiy tartibda hisoblab chiqariladi (244-modda).
◼ O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar bilan tuzilgan “Mehnat shartnomasi”ni ish bilan ta’minlovchining tashabbusi bilan bekor qilishga, “Mehnat shartnomasi”ni bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy “Mehnat organining roziligi bilan yo’l qo’yiladi.
◼ O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida ayollar va erkaklarni teng huquqliligi haqida gapiriladi. Ularga ta’lim olishda, kasbiy tayyorlanishda, ishda, mehnat uchun rag’batlanishda va xizmat yuzasidan ko’tarilishida teng huquqiy imkoniyatlar yaratiladi. Shunday bo’lsa ham, ayollar ayrim hollarda ma’lum sharoitlarda sog’liqqa ziyonsiz bo’lgan erkak bilan bir xil ishni bajara olmaydi. Ayol tanasi o’ziga xos fiziologik xususiyatga ega bo’lganligi tufayli og’ir jismoniy mehnatga, ayrim zararli (chang, titrash, organizmni qattiq qizib yoki sovib ketishi va boshqalar) moddalarning ta’siriga ta’sirchandir. Bu zararli omillar ta’siri ular organizmining homiladorlik kezlarida quyidagi o’zgarishlarga olib kelishi, tubandagi asoratlarni qoldirishi (toksikoz, bola tushib qolishi, o’lik tug’ilish va boshq.), bola tug’ish funksiyasining buzilishi (bola ko’rmaslik)ga sabab bo’lishi mumkin. Ayollar mehnatini muhofaza qilishda juda ko’p muammolar bo’lib, ularning biologik va ijtimoiy ahamiyati kattadir. Shuning uchun ham, ayollar mehnati Mehnat kodeksining (224-238 – moddalar) moddalarida himoyalanadi.
◼ Ayollarning mehnat sharoiti noqulay bo’lgan, shuningdek yer osti ishlarida (jismoniy kuch talab qilmaydigan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko’rsatish ishlari bundan mustasno) ishlashi taqiqlanadi. Ayollarning ular uchun mumkin bo’lgan me’yordan ortiq yuk ko’tarishlari va tashishlari ma’n etiladi (225- modda).
◼ Ayollar mehnatini ta’qiqlaydigan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro’yxati va yuklarni ko’tarishda hamda qo’zg’atishda me’yorlashtirilgan yuklarning sanitariya me’yorlari «O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga asoslanib mehnat muhofazasi bo’yicha me’yoriy hujjatlar to’plami-1996» da keltirilgan.
◼ Tibbiy xulosaga muvofiq, xomilador ayollarning ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish me’yorlari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq, yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo’lgan ishga o’tkaziladi.



Download 0,55 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat xavfsizligiga erishish yo’llari

Download 0,55 Mb.