|
Ishlab chiqarish jarohatlari
|
bet | 73/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Ishlab chiqarish jarohatlari o’z navbatida: mexanik (urib olish, kesilib ketishi, ezilish), kimyoviy (kimyoviy kuyishlar), issiqlik (kuyish, muzlatib olish), elektrik (elektr zarbalar), aralash jarohatlar turlariga bo’linadi. Korxonalarda ko’pincha aralash jarohat turlari uchraydi.
Ishlab chiqarish sohasidagi baxtsiz hodisa va jarohatlanishlarning sabablarini o’rganishda, xavfsizlik psixologiyasi fan sifatida shakllanguniga qadar, olimlar o’z e’tiborlarini doimo insonning individual xususiyatlari qaratganlar. 1930-yillardan boshlab, mamlakatimiz va chet ellarda olib borilgan ko’pchilik bir-biriga bog’liq bo’lmagan, mustaqil ilmiy izlanishlarda, xodimlarda yuqori ko’rsatkichga ega jarohatlanishlar bilan bog’liq bo’lgan, quyidagicha individual-psixologik va jismoniy xususiyatlar qayd etildi:
• haydovchilarda sensomotorika testlari (G. Mayls, 1930), sanoat xodimlarida esa sensomotorika va diqqat testlari ( Yu.A.Shpigel, 1932) bo’yicha past ko’rsatkichlar;
• haydovchilarda o’ziga haddan tashqari ishonch, boshqalarga nisbatan hurmatsizlik va yetarlicha bo’lmagan sezgirlik, xatti-harakatlarda mustaqillik (V. Kouford, 1971);
• sanoat xodimlarida intizomsizlik, mustaqillik, obro’li odamlarga nisbatan hurmatsizlik, xudbinlik, tartibsizlik, ishga nisbatan salbiy munosabat, rahbarlarga nisbatan tanqidiylik, ruhiy iqlimni salbiy baholash (I. Balint, M. Murani, 1968; V. Keer, 1957 va b.lar);
• haydovchilarda aqliy uslubning o’ziga xos xususiyati sifatida “maydonga bog’liqlik” va yo’l-transport hodisalarining sodir bo’lishidagi qaytalanish ko’rsatkichi (chastotasi) (D. Gudinaf, 1976);
• sog’liq holatining yomonlashuvi, tajovuzkorlikning rivojlanishi, nevrotizm, sensomotorikaning juda yomonligi (M. A. Kotik, 1981).
Statistika ma’lumotlariga qaraganda, jarohatlanishlar soni ayollarda erkaklarga nisbatan kamroq sodir bo’lar ekan (T. Eless, 1970).
1959-yilda X.Geydrix odamda ba’zi bir harakatlarga nisbatan tayyorlik va moyillik borligi borasida yangicha talqinni taklif etdi. Uning “domino” nazariyasida baxtsiz hodisa, zanjir kabi bir -birini paydo qiluvchi vaziyatlar oqibati sifatida tushuntiriladi:
Masalan, insonning ijtimoiy mavqesi shunga mos xatolarni keltirib chiqaradi → xatolar xavfli vaziyatlarni paydo qiladi → xavfli vaziyatlar → baxtsiz hodisalarga, bular esa o’z navbatida → jarohatlanis-larga sabab bo’ladi.
|
| |