|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 69/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 Birinchisi, ya’ni sa’y-harakatlarning ijro etilishi usullarining o’zgarishi deganda, bir qator sodda sa’y-harakatlar yagona jarayonga (tarkibga) kiruvchi ba’zi sodda sa’y-harakatlar o’rtasida to’siq va uzilish ro’y bermagan bitta murakkab sa’y-harakat o’zaro bir-biriga qo’shilib ketadi, ortiqchalari esa bartaraf etiladi.
Masalan, shogird - tikuvchi tikishni endi o’rganayotgan paytida bir qancha ortiqcha harakatlarni amalga oshiradi: chokni bir tekis tika olmaydi, bir tez tikib, bir sekin tikadi. Yoki avvaliga bir rusumdagi, masalan qo’l tikuv mashinasida tikishni o’rganib, keyin motorlashtirilgan tikuv mashinasiga o’tirsa, unga ko’nikmagunicha bir maromda ishlay olmay qiynaladi, tikayotgan paytida oldida biror kishi turgan bo’lsa, hayajonlanib, xatolarga bir muncha ko’proq yo’l qo’yadi. Biror odamdan ishining to’g’ri yo noto’g’riligi haqida tez-tez so’rab turishga moyilligi bo’ladi. Malakali tikuvchi esa, harakatlarni silliq va bir maromda bajaradi, ortiqcha urinish va xatolarga yo’l qo’ymay di. Harakatlarni o’zlashtirish jarayonida: a) sa’y-harakatlar tarkibi; b) sa’y-harakatlar izchilligi; v) sa’y-harakatlar uyg’unligi; g) ularning tezligi rejali kechishiga sharoit yuzaga keladi.
Ikkinchisi, ya’ni harakatni sensor (sezish orqali) nazorat qilish usullari o’zgarishida, dastavval, sa’y-harakatlar amalga oshishini ko’rish a’zolari orqali nazorat qilish kinestetik (mushaklar yordamida harakat) nazorat bilan almashishi nazarda tutiladi. Chunonchi, taxta kesuvchi elektr arra asbobining aylanish tezligiga emas, balki ko’proq taxtaning tekis kesilishiga e’tibor beradi. Bunday misol sifatida, tikuvchini, charxchini ham olsak bo’ladi. Ushbu misollardan ma’no shuki, yuqorida keltirilgan kasb egalari o’z ishlarining tekisligini avvaliga ko’zlari bilan nazorat qilgan bo’lsalar, vaqt o’tishi bilan ular o’z qo’llaridagi material (taxta, mato, pichoq kabi) ni qanday tutib turish kerakligini nazorat qiladigan bo’lib qolishadi. Sa’y-harakatlar harakatlarning xususiyatini aniqlovchi har xil o’lchamlarining nisbatini baholash imkonini vujudga keltiradigan sensor sintezlar (yunoncha synhesis uyushma demakdir) hosil bo’ladi. Harakat mahsullarini nazorat qilishga alohida ahamiyat kasb etadigan mo’ljallarni farqlash va ajratish uquvchanligi insonda rivojlanadi.
Uchinchisi, harakatni markazdan turib boshqarish usullari o’zgarishi deyiladi. Bunda, diqqat harakat usullarini idrok etishdan holi bo’lib, u harakatning asosan vaziyati va natijasiga qaratilgan bo’ladi. Ba’zi hisob-kitoblar, yechimlar va aqliy mehnat talab qiladigan boshqa jarayonlar tez va birga qo’shilgan holda (fahmlangan tarzda) amalga oshirila boshlaydi. Jumladan, shofer dvigatelining ortiqcha kuch bilan ishlayotganini, uning tovushidanoq sezib, o’ylab-netib o’tirmasdanoq, uning harakatini qanday tezlikka ko’chirish kerakligini darrov tushunib yetadi. Oshpaz palovga guruch solganida, uning qanchalik tez yetilayotganiga qarab, solinadigan suv miqdorini yoki damlash vaqtini ko’paytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bundan, oshpazning osh pishirish birinchi usulni bajarishdan ikkinchisiga o’tish maxsus rejalashtirilmagan tarzda amalga oshirilaveradi. Faqat, unga qadar qanday masalliqlar, qaysi hajmda, qanday ketma-ketlikda solinishi va pishib tayyor bo’lganida palov qanday ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerakligi rejalashtiriladi. Qo’llanilishi lozim bo’lgan usullarning butun boshli zanjirini yoki turlarini ana shu tarzda ong yordamida oldindan ko’ra bilish (sezish, fahmlash, payqash) jarayoni antitsipatsiya (lot. anticipatio ― oldindan fahmlash, sezish) deyiladi.
|
| |